Ma’ruza rejasi: Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


Download 363.18 Kb.
bet20/31
Sana22.02.2023
Hajmi363.18 Kb.
#1221117
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Bog'liq
Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari

Tomas Gobbs (ingliz faylasufi 1588-1679) tomonidan F.Bekonning materialistik qarashlari tizimga solingan va rivojlantirilgan. Gobbs materiyaga birdan-bir substantssiya sifatida yondashgan, barcha hodisalar, narsalar, jarayonlarni bu substantsiyaning namoyon bo’lish shakllari deb hisoblagan. Materiya – abadiy, jismlar va hodisalar – o’tkinchi: ular vujudga keladi va yo’q bo’ladi. Fikrlashni materiyadan ajratib bo’lmaydi, zero materiyaning o’zigina fikrlaydi. Jismsiz tana bo’lmaganidek, jismsiz substantsiya ham bo’lishi mumkin emas.
T.Gobbs o’zining dunyo haqidagi falsafiy qarashlarida deist sifatida ish ko’radi. Ammo uning asarlarida ateistik xususiyatga ega bo’lgan fikrlarga ham duch kelish mumkin. Masalan, u Xudo – inson tasavvurining mahsuli, degan fikrni ilgari suradi. «Tabiiy va siyosiy qonunlarning elementlari» asarida, «Falsafa asoslari» trilogiyasi («Jism haqida», «Inson haqida», «Fuqaro haqida»)da, shuningdek «Leviafan» asarida Gobbs tabiiy aloqalar va qonuniyatlar rolini takror qayd etadi. Biroq, T.Gobbs Xudoni odamlar hayotidan butunlay chiqarmaydi: uning fikricha, Xudo «hamma narsani ko’rguvchi va hamma narsani boshqaruvchi», «u barcha sabablarning birinchisi»dir. Gobbs Xudo voqealarning tabiiy oqimiga aralashmasligini qayd etadi.
F.Bekon kabi T.Gobbs ham gnoseologiyada asosan empirik va sensualist bo’lgan (hissiy bilishni bilishning asosiy shakli deb hisoblagan). Insonga moddiy jism ta’siri natijasida vujudga kelgan sezgini u bilishning birinchi bosqichi deb hisoblagan. Fikrlashni u tushunchalarni qo’shish yoki ayirish deb hisoblagan, unga o’z matematik metodini to’la tatbiq etgan.
Rene Dekart (frantsuz faylasufi va matematigi 1596-1650) cubstantsiyaning bekoncha va gobbscha monistik talqiniga o’zining dunyoning dualistik talqinini qarshi qo’yadi.
Dekart bir-biriga bog’liq bo’lmagan ikki birinchi asos: nomoddiy yoki «fikrlovchi» substantsiya va moddiy yoki «ko’lamli substantsiya» mavjudligini taxmin qiladi. Bu ikki substantsiya parallel mavjuddir. Ularni o’rganish bilan metafizika va fizika shug’ullanadi. Metafizika avvalo ma’naviy substantsiyani, u bilan bog’liq bo’lgan bilish va borliq tamoyillarini o’rganadi. Fizika tabiat falsafasini tadqiq etadi. U dunyoning vujudga kelishi, yerda hayotning rivojlanishi (tabiat qonunlariga muvofiq) haqidagi ta’limotni o’z ichiga oladi, hayvonlar va inson tanasining tuzilishini mexanika qonunlariga bo’ysinuvchi murakkab mashinalar sifatida o’rganadi (R.Dekart asarlaridan biri «Hayvon – mashina» deb ataladi).
R. Dekartning bilish haqidagi ta’limoti ham diqqatga sazovor. R.Dekart o’zining «Metod haqida mulohazalar» asarida bilimlar manbai va ularning haqiqiyligi mezonini tashqi dunyodan emas, balki inson aqlidan qidirish lozim, degan xulosaga keladi. Uning fikricha, intellektual intuitsiya yoki sof mushohada – bilishning tayanch nuqtasi. Barcha g’oyalarni Dekart ikki guruhga ajratadi: sezgilar ta’sirida tug’ilgan g’oyalar va tug’ma g’oyalar. Tug’ma g’oyalar mutlaqo ishonchlidir. Ularning qatoriga Dekart Xudo g’oyasi, matematik aksiomalar va shu kabilarni kiritadi. Masalan, barcha mavjud narsalarga shubha bilan qarash kashfiyotga yo’l ochuvchi mutlaqo ishonchli asos, metod yoki vosita hisoblanadi. Ayni shu sababli Dekart hissiy narsalar, matematik haqiqatlar va hatto «hamma narsaga qodir Xudo»ning mavjudligiga shubha bilan qaraydi. Ammo, hamma narsaga shubha qilgan va hamma narsani inkor etgan holda, u shubhalanuvchi fikrning mavjudligiga shubha qilmaslik kerak, degan xulosaga keladi. Shu tariqa u fikrlash birdan-bir ishonchli dalildir, deb xulosa chiqaradi: «Men fikrlayapman, demak, yashayapman».

Download 363.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling