Ma’ruza rejasi: Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


Download 363.18 Kb.
bet4/31
Sana22.02.2023
Hajmi363.18 Kb.
#1221117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari

Suqrotgacha bo’lgan falsafa - antik falsafaning paydo bo’lishi va ilk shakllari (er.av. VI asrga oid Ioniya va Italiya falsafasi):

  • Milet falsafa maktabi (Fales, Anaksimandr, Anaksimen);

  • Geraklit falsafasi;

  • Pifagorchilar falsafasi;

  • Eley falsafa maktabi (Ksenofan, Parmenid, Zenon);

  • Empedokl va Anaksagor falsafasi.

  1. Klassik davr - antik falsafaning gullab yashnagan va yuksak rivojlangan davri (er.av. V-IV asrlarga oid quldorlik demokratiyasi bosqichidagi falsafa):

  • Sofistlar falsafasi;

  • Suqrot va suqrotchilar falsafasi;

  • Atomistlar ta’limoti (Levkipp va Demokrit);

  • Aflotun falsafasi;

  • Arastu falsafasi.

  1. Ellinizm davri - antik falsafaning sust rivojlanish davri. Bu Ellin davri yunon falsafasi va Rim respublikasi bosqichidagi lotin falsafasi (er.av. III-I asrlar):

  • Kiniklar falsafasi;

  • Stoiklar falsafasi;

  • Epikur falsafasi;

  • Skeptitsizm falsafasi.

  1. Rim davri - antik falsafaning Rim imperiyasi davridagi inqiroz va tanazzul bosqichi (eramizning I-V asrlari):

  • Skeptitsizm ta’limoti(Sekst Empirik g’oyalari rivoji);

  • Epikurizm ta’limoti (Lukretsiy Kar va boshqalar);

  • Stoitsizm g’oyalari (Sitseron, Seneka, Avreliy singarilar);

  • Neoplotonizm ta’limoti (Plotin, Porfiriy, Prokl kabilar falsafasi).

Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o’rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir. Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi 624-547 yillar). Fales ta’limotiga ko’ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo bo’lgan va yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo o’zgarishda bo’ladi. Anaksimandr «Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yetib kelmagan. Fales olamning asosiga suvni qo’ygan bo’lsa, Anaksimandr dunyo — cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, issiqlik va sovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishini ta’minlaydi, deb hisoblagan. Uning ta’limotini zamondoshi, shogirdi Anaksimen (Er.av-gi 588-525 yillar) davom ettirdi. U havo — olamning asosi, deb bilgan. Havoning quyuqlashishidan suv, yer, tosh kabi moddalar tashkil topgan, siyraklashishidan esa olov paydo bo’lgan.
Efeslik Geraklit (er. av-gi 520-460 yillar) stixiyali dialektikaga asos solgan, olov — olamning asosi, deb bilgan. uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda. «Oqar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada yangilanib turadi». Olamda turg’unlik yo’q. Harakat butun tabiatga, barcha jism va hodisalarga xosdir. Harakat qarama-qarshilik asosida sodir bo’ladi. «Kurash hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosidir», degan ekan Geraklit. Bundan Geraklit kishilar o’rtasida urushlarni targ’ib qilgan ekan-da, deya xulosa chiqarish noto’g’ri. Uning fikricha, doimiy o’zgarish, harakat va o’zaro qarama-qarshi tomonlarga o’tish — jismlar sifatining nisbiyligi bilan bog’liq.
Pifagor (Er.av-gi 580-500 yillar) Yunonistonning Samos orolida yashab o’tgan. U qadimgi Yunonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktab, ya’ni pifagorchilikka asos solgan. Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, raqamlarni bilishdan boshlanishi kerak. Pifagorchilarning ta’limotiga ko’ra, olamning asosida modda ham, tabiat ham emas, balki ideallashgan raqamlar yotadi; narsa va hodisalar aynan ana shu raqamlar mahsulidir.

Download 363.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling