Om qonuni
Elektr tokining manbasi, istehmolchisi va yordamchi qurilmalarning elektr oʻtkazgichlar orqali tutashtirilgan majmuasi elektr zanjiri deb yuritiladi. Zanjirning asosiy elementlariga manba va istehmolchi kiradi. Yordamchi elementlariga tutashtiruvchi simlar, oʻlchov asboblari, kommutatsion apparatlar kiradi. Eng oddiy elektr zanjiri manbadan, istehmolchidan va ularni ulab turuvchi simlardan iborat boʻladi. (2.1-rasm), unda Ye - EYuK manbasi, r - manbaning ichki qarshiligi, R - istehmolchi qarshiligi.
Nemis olimi G. Om 1827 yilda R qarshilikka ega boʻlgan oʻtkazgichdan oqayotgan I tok bilan unga qoʻyilgan kuchlanish U orasidagi chiziqli bogʻlanish mavjudligini aniqladi:
I=U/R
Bu ifoda zanjirning bir qismi uchun Om qonuni deb yuritiladi. Om qonuni ifodasidan oʻtkazgich elektr qarshiligi birligi topiladi:
R=
Qarshilikka teskari boʻlgan kattalik:
g= ( Om-1 )
oʻtkazuvchanlik deyiladi. Uning birligi simens (Sm) deb yuritiladi. Oʻtkazgichlarning elektr qarshiligi uning materialiga va geometrik oʻlchamlariga bogʻliq:
R= ,
bu yerda - oʻtkazgich uzunligi,
- oʻtkazgich koʻndalang kesimining yuzasi,
- oʻtkazgich materialining solishtirma qarshiligi.
Tajribalar koʻrsatadiki, qarshilik va solishtirma qarshilik temperaturaga chiziqli bogʻlangan:
R=R0(1+ t) , (1+ t) ,
bu yerda grad-1 qarshilikning temperaturaviy koeffitsienti deb yuritiladi. Buni hisobga olsak, qarshilikning temperaturaviy bogʻlanishini
R=R0 T
koʻrinishida ham yozish mumkin.
Endi, butun zanjir uchun Om qonunini koʻraylik. Bu holda elektr zanjiridagi hamma qarshiliklarni, jumladan manbaning ichki qarshiligini ham hisobga olib zanjirdagi tok topiladi.
Masalan, 2.1-rasmdagi zanjirdan oqayotgan tok uchun Om qonuni ifodasi quyidagicha yoziladi:
I=
Do'stlaringiz bilan baham: |