Ma’ruza rejasi: So‘z boshi. Fanning maqsadi, umumiy tarkibi va uni boshqa umumuhandislik hamda maxsus fanlarni o‘rganishdagi o‘rni. Elektr energiya o‘ziga oid xossalari. Elektrotexnikaning qisqacha tarixi Tayanch so‘zlar
Download 0.79 Mb.
|
1- Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Nazorat savollari:
1. Elektr toki haqidagi dastlabki qonuniyatlar qachon yaratilgan? 2. Kulon qonunining fizik mohiyatini tushuntiring. 3. Elektr va magnit maydonlari borligini isbotlovchi tajriba kim tomonidan va qachon amalga oshirilgan? 4. Nazariy elektrotexnika fanini elektroenergetika yo‘nalishi fanlari bilan bog‘liqligini tushuntiring. 5. Fanning elektrotexnika umumiy ta’lim tarmog‘ida tutgan o‘rnini ayting. 6. Elektr zanjirlari nazariyasi asoslarini qaysi qonunlar tashkil etadi? 7. Elektr zanjir qaysi elementlarini bilasiz? 8. Elektr, magnit maydonining klassik nazariyasi qaysi asarda ilk bor umumlashtirilgan? 9.Elektr energiyasining murakkab qirralariga qaysi tomonlari mansubdir. 10. Elektroenergetika sohasi tarixi qachon va nima munosabat bilan boshlangan. Adabiyotlar: 1. Charles. K. Alexander and M.N.O. Sadiku. Fundamentals of Electric circuits. New York, 2012. – 1217 p Zamonaviy elektrotexnik qurilmalarning tavsifi tarixi REJA:
Elektr zaryadlarining har qanday tartibli bir tomonga yoʻnalgan harakati tok deb yuritiladi. Agar oʻtkazgichda tashqi elektr maydoni hosil qilinsa va uni mahlum vaqt ushlab turilsa, oʻtkazgichdagi erkin zaryadlarning oʻtkazgich boʻylab, tartibli koʻchishi sodir boʻladi. Bunda musbat zaryadlar maydon yoʻnalishda, manfiylari maydonga teskari yoʻnalishda harakat qiladi. Tokning shartli musbat yoʻnalishi qilib, musbat zaryadlarning yoʻnalishi qabul qilingan. Elektr tokining miqdoriy oʻlchovi boʻlib, tok kuchi xizmat qiladi. U skalyar fizik kattalik boʻlib, oʻtkazgichning koʻndalang kesimidan birlik vaqt ichida oʻtgan zaryad miqdori bilan aniqlanadi. I= . Tokning kuchi va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmasa, unday tok oʻzgarmas tok deb yuritiladi. Oʻzgarmas tok uchun tok kuchi formulasi quyidagicha yoziladi: I= , q - oʻtkazgich koʻndalang kesimidan t vaqt ichida oʻtgan zaryad miqdori. Tok kuchi birligi qilib, amper (A) qabul qilingan. Oʻtkazgichning tok yoʻnalishiga perpendikulyar joylashgan birlik yuzasidan oʻtayotgan tok kuchi tokning zichligi deb yuritiladi: . Tok zichligi vektor kattalik boʻlib, yoʻnalishi musbat zaryadlarning tartibli yoʻnalishiga mos keladi, uning birligi qilib A/m2 qabul qilingan. Ixtiyoriy sirt (S) orqali tok kuchini topsak u vektorining S sirt orqali oqimiga teng boʻladi: I= . Oʻtkazgichdagi elektr maydonini maxsus qurilmalar yordamida hosil qilinadi, bunday qurilmalar boshqa tur energiyalarni elektr energiyasiga aylantirish uchun xizmat qiladi. Bu qurilmalar tok manbalari yoki elektr manbalari deb yuritiladi. Elektr manbalari issiqlik, yorugʻlik, mexanik va ximiyaviy reaktsiya energiyalari hisobiga elektr energiyasi hosil qilishi mumkin. Masalan, akkumulyator, galpvanik elementlarda ximiyaviy energiya elektr energiyasiga aylanadi. Manbadagi elektr tabiatiga ega boʻlmagan kuchlar yoki tashqi kuchlar tahsirida manba ichida har xil ishorali zaryadlarning ajralishi vujudga kelib, manba uchlarida musbat va manfiy zaryadlar toʻplanib, potentsiallar farqi vujudga keladi. Tashqi kuchlar tahsirida elektr zaryadlari manba ichida elektr maydoniga teskari yoʻnalishda harakat qiladi. Natijada tashqi zanjirda potentsiallar farqining doimiy turishi tahminlanadi. Birlik musbat zaryadning tashqi kuchlar tahsirida koʻchirishda bajarilgan ishi manbaning elektr yurituvchi kuchi (EYuK) deb yuritiladi: E= . U manba klemmalari orasidagi potentsiallar farqiga son jihatidan teng boʻladi: E= . EYuK va potentsiallar farqi volgʻtlarda oʻlchanadi. Elektr zanjirining EYuK qatnashmaydigan qismidagi potentsiallar farqi kuchlanish boʻladi: UAV= , eAB=0 , UAV= . Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling