Elektr zanjirlari va ularning parametrlarini xisoblash.
Reja
1.Elektr zanjirlari haqida umumiy tushunchalar
2.Elektr zanjirlarining turlari
1.Elektr zanjirlari haqida umumiy tushunchalar
Elektr zanjirlari elementlari (ayrim qismlari)ning tuzilishiga qarab turlicha boʻladi. Zanjirning ayrim elementlariga tahsir etuvchi kuchlanish bilan elektr toki toʻgʻri proportsional ravishda bogʻlangan boʻlishi mumkin. Matematika tili bilan aytganda ular oʻrtasida toʻgʻri chiziqli bogʻlanish boʻladi. Fizik mahnosida aytsak, zanjir elementining qarshiligi tok oʻtishi bilan oʻzgarmaydi, boshqacha qilib aytganda zanjir Om qonuniga boʻysunadi. Bunday zanjirlar chiziqli zanjir deb ataladi. Uning xarakteristikasi (tok bilan kuchlanish oʻrtasidagi bogʻlanish) toʻgʻri chiziqli boʻladi.
Amalda esa xarakteristikasi toʻgʻri chiziqli boʻlmagan elektr zanjirlari va ularning elementlari koʻp uchraydi. Masalan, radio lampalari, elektr uchquni, elektr yoy va boshqalarning xarakteristikasi murakkab. Tok oʻtishiga qarab ularning qarshiliklari oʻzgaradi. Demak, bunday zanjirlarda tok bilan kuchlanish oʻrtasidagi bogʻlanish toʻgʻri proportsional emas, bu bogʻlanish egri chiziq holida koʻrsatiladi. Xarakteristikasi egri chiziqli boʻlgan elektr zanjirlarini nochiziqli zanjirlar deymiz.
Nochiziqli zanjirlarni oddiy chiziqli differentsial tenglamalar bilan hisoblab boʻlmaydi, ular nochiziqli differentsial tenglamalarga boʻysunadi.
Elektr zanjirlarini hisoblashda ularning ayrim elementlarini bir nuqtaga gʻujlangan deb faraz etamiz. Bunday qilish hisobni yengillashtiradi, tajribada katta xatolikka yoʻl qoʻyilmaydi. Ayrim elementlari yoki boshqacha qilib aytganda parametlari bir joyga gʻujlangan zanjirlarda (fizik nuqtai nazardan qaraganda) tebranma harakatlargina sodir boʻladi. Bunday elektr zanjirlarini yigʻiq parametrli zanjirlar deb ataymiz.
Bahzan elektr zanjiri parametlarini bir nuqtaga yigʻilgan deb hisoblash katta xatoliklarga olib keladi. Masalan, generator bilan istehmolchalarni bir-biriga qoʻshadigan olisga choʻzilgan elektr uzatish liniyalari yoki kabellarni bir nuqtaga gʻujlangan deb boʻlmaydi. Hatto chulgʻam uzinligi kilometrlab hisoblanadigan elektr mashinalari, transformatorlar, reaktorlarni ham yigʻiq parametrli elektr zanjiri deb hisoblashimiz toʻgʻri kelmay qoladi. Bunday zanjirlardagi hodisalar toʻlqin ravishda roʻy beradi. Demak, ulardagi fizik protsesslar gʻujlangan parametrli zanjirlarnikiga hech oʻxshamaydi. Demak, toʻlqin hodisalarini ehtiborga olish, qilinadigan hisoblarni haqiqatga yaqinlashtirish uchun shu zanjirlarning parametrlarini tarqalgan deb hisoblash kerak.
Parametrlari zanjir boʻylab tarqalgan va toʻlqin hodisalari roʻy beradigan elektr zanjirlarini tarqoq parametrli zanjirlar deb ataymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |