Ma’ruza rejasi: So‘z boshi. Fanning maqsadi, umumiy tarkibi va uni boshqa umumuhandislik hamda maxsus fanlarni o‘rganishdagi o‘rni. Elektr energiya o‘ziga oid xossalari. Elektrotexnikaning qisqacha tarixi Tayanch so‘zlar


Download 0.79 Mb.
bet8/19
Sana20.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1637363
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
1- Ma\'ruza

2.Elektr zanjirlarining turlari

Elektr zanjirlariga tahsir etuvchi elektr manbalarining xususiyatlariga qarab oʻzgarmas tok va oʻzgaruvchan tok zanjirlari boʻladi. Oʻzgarmas tok zanjirlaridagi hodisalar, oʻzgaruvchan tok zanjirlaridagiga qaraganda sodda va uning xususiy holidir. Demak, oʻzgaruvchan tok zanjirlaridagi hodisa va miqdoriy bogʻlanishlar mahlum boʻlsa, oʻzgarmas tok zanjiridagi hodisalarni xususiy hol sifatida chiqarmogʻimiz mumkin. Oʻzgaruvchan tok zanjirlariga qaraganda oʻzgarmas tok zanjirlarini hisoblash osonroq boʻladi. SHuning uchun oldin chiziqli oʻzgarmas tok zanjirlarini hisoblash usullarini koʻrib oʻtamiz. Bunday zanjirlar tarmoqlanmagan (bir konturli) va tarmoqlangan koʻp manbali boʻlishi mumkin. Birinchi xil zanjirlarni hisoblash nisbatan osondir. Ikkinchi xil zanjirlarni hisoblash nisbatan qiyinroq boʻlib, ularni hisoblash uchun qator usullar ishlab chiqilgan.


Bu usulga binoan elektr zanjirlarini hisoblash Kirxgof tenglamalarini tuzish va ularni yechish bilan bajariladi. Masalan, bu usul bilan 3.1-rasmda keltirilgan elektr zanjirlarini hisoblash quyidagi tartibda bajariladi:


a) 3.1-rasmdagi sxema tarmoq toklari musbat yoʻnalishini ixtiyoriy qoʻyamiz;
b) konturning aynalish yoʻnalishini tanlaymiz, odatda soat strelkasi boʻyicha yoʻnalish musbat yoʻnalish deb qabul qilinadi;
v) Kirxgofning I-qonuni boʻyicha tugunlar sonidan bitta songa kam mustaqil tenglamalar sistemasini tuzamiz. Bizning sxemada tugunlar soni 4 ta, shuning uchun Kirxgofning I-qonuniga binoat 3 ta tenglama tuzamiz:

"a" tugun uchun I3+I4-I5=0


"v" tugun uchun I1-I2-I4=0 (3.1)


"c" tugun uchun I6-I1-I3=0





Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan n-(m-1) tenglama tuzamiz; bu yerda n- tarmoqlar soni, m-tugunlar soni.
Bizning sxema uchun 6-(4-1)=3. Demak,

"avc" kontur uchun: I3R3-I4R4-I1R1= e3


"avd" kontur uchun: -I5R5-I3R3-I6R6= -E3 (3.2)
"vdc"kontur uchun: I2R2+I6R6+I1R1=-E2

(3.1) va (3.2) tenglamalar sistemasini birgalikda yechimi sxema tarmoq toklarini aniqlashga imkon beradi, lekin bunday hisoblashga ancha vaqt sarflash kerak, shu sababli elektr zanjirlarini hisoblashning boshqa nisbatan mukammalroq usullari ishlab chiqilgan.


Bu usul bilan berilgan 3.1-rasmdagi sxema tarmoq toklarini hisoblash uchun zanjirning har bir mustaqil konturida oʻz kontur toki oqadi deb faraz qilamiz.
Dastlab kontur toklari uchun tenglamalar tuzib, ularni birgalikda yechib, soʻng kontur toklari orqali tarmoq toklarini aniqlaymiz.
Nomahlum lar soni Kirxgofning 2-qonuni boʻyicha tuzilgan tenglamalar soniga teng boʻlishi kerak. 3.1-rasmda koʻrsatilganidek, uch mustaqil kontur uchun kontur toklarini I11,I22,I33 orqali belgilaymiz. Ularning yoʻnalishini ixtiyoriy tanlash mumkin. Biz qarayotgan holda kontur toklari va konturlar uchun aylanish yoʻnalishini soat strelkasi boʻyicha olamiz. Unda Krixgofning 2- qonuniga binoan:

I11(R1+R3+R4)-I22R1-I33R3=E3


-I11R1+I22(R1+R2+R6)-I33R6=-E2 (3.3)
-I11R3-I22R6+I33(R3+R5+R6)=-E3

EYuK va qarshiliklarning son qiymatlarini (3.3) ga qoʻyib ixchamlashgan tenglamalar sistemasini hosil qilamiz, uni yechib nomahlum lar boʻlmish I11, I22, I33 ni aniq son qiymatlarini topamiz, ular orqali tarmoq toklarini hisoblaymiz:


I1=I11-I22 , I2=I22,
I3=I11-I33 , I4=I11,
I5=I33 , I6=I33-I22.

Tarmoq tokini aniqlashda hosil boʻlgan manfiy ishora tarmoq tokining haqiqiy yoʻnalishi mos kontur tokining musbat yoʻnalishiga nisbatan teskari ekanligini bildiradi.


Nomahlum miqdor sifatida sxema tugunlarining potentsiallari olinib va ular orqali elektr zanjirlarini hisoblash tugun potentsiallari usuli deyiladi.
Bizning sxemamizda (3.1-rasm) 4-ta tugun bor. “S” tugunni yerga ulangan deb faraz qilamiz va bu tugun potentsiali “O” ga teng deb qabul qilamiz. U holda nomahlum lar soni “3” ga teng boʻladi, ularga nisbatan tuzilgan tenglamalar sistemasi quyidagi koʻrinishda boʻladi:
-
(3.4)

Bunda , b, d- mos tugun potentsiallari;
= mos tarmoq oʻtkazuvchanliklari. (3.4) sistemadagi oʻtkazuvchanlik, EYuK son qiymatlarini qoʻyib, uni aniq koeffitsientli sistemaga keltiramiz, uni nomahlum larga nisbatan yechib , b, d ni qiymatlarini topamiz, ular orqali tarmoq toklarini hisoblab topish mumkin:
I1=- g1 , I2=[( d- b)+E2]g2,
I3=(- +E30)g3, I4=( b- ) g4,
I5=( - d)g5 , I6= dg6 .
Agar hisoblangan tok "minus" ishorali chiqib qolsa, uning haqiqiy yoʻnalishi ixtiyoriy olingan yoʻnalishga teskari boʻladi.

NAZORAT SAVOLLARI





  1. Chiziqli element va zanjirlarni tushuntirib bering?

2) Qanday element va zanjirlarni nochiziqli deyiladi?
3) Yigʻiq va tarqoq parametrli zanjirlarni tushuntirib bering?
4) Elektr zanjirlarining yana qanday xillarini bilasiz?
5) Kirxgofning ikkinchi qonuni boʻyicha tuziladigan zanjir tenglamalari soni qanday formula bilan aniqlanadi?




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling