Ma’ruza Seyalkalarning tasnifi. Urug’ miqdorlagichlar


Download 29.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi29.65 Kb.
#1829539
  1   2   3   4   5
Bog'liq
M-7



Ma’ruza Seyalkalarning tasnifi. Urug’ miqdorlagichlar
.
Hozirgi vaqtda unifikatsiyalashgan qatorlab ekadigan mujassamlashgan 
(dono‘g‘it) tezkor (15 km/s gacha tezlikda) seyalkalarning bir necha xil turlari 
ishlab chiqilmoqda. Bu oila uchun S3-3,6 tayanch model hisoblanadi. 
Universal tirkama seyalka SZ-3,6 (128-rasm) donli (bug‘doy, arpa, suli) va 
donli-dukkakli (no‘xat, loviya, soya) hamda ba’zi bir krupabop (marjumak, tariq 
va boshqa) o‘simliklarning urug‘larini ekish bilan bir vaqtda qatorlarga donador 
o‘g‘itlarni solish uchun mo‘ljallangan. 
Seyalka snitsali rama 12, tirkash qurilmasi, dono‘g‘it qutisi va 3, urug‘lar 
uchun 24 ta g‘altakli novsimon va o‘g‘itlar uchun shuncha g‘altak tishli 
apparatlar, urug‘-o‘g‘it o‘tkazgichlar 6, ikki diskli soshniklar va 10, zagortachlar 
8, tayanch–uzatma pnevmatik g‘ildiraklar 11, gidrotsilindr 16 dan harakat 
oladigan ko‘tarish mexanizmi va ekish apparatlariga g‘ildirakdan harakat 
uzatadigan mexanizm va seyalka ishini nazorat qiladigan qurilmadan iborat. 
Dono‘g‘it qutisi to‘siq yordamida ikki bo‘limga ajratilgan: oldingi - urug‘lar 
uchun; orqa - o‘g‘itlar uchun. To‘siqda darcha bor. Urug‘ va o‘g‘itlar ekilganda 
darcha qopqoq bilan yopiladi, o‘g‘itsiz ekilganda esa darcha ochiladi va ikki 
bo‘limga ham urug‘ solinadi. Soshniklar ikki qator joylashtirilgan, bu esa ularni 
o‘simlik qoldiqlari va tuproq bilan tiqilishining oldini oladi. Soshniklarni 
chuqurlashtirish prujinalarni siqish orqali sozlanadi; ham guruhli, ham yakka 
sozlash ko‘zda tutilgan. 
Don va o‘g‘it ekish apparatlarining vallari o‘rtada joylashgan tishlizanjirli uzatish mexanizmi va 
o‘zish (obgon) muftali qarshi harakat vali va 
ajratgich orqali tayanch g‘ildirakdan aylanma harakatga keltiriladi. O‘zish 
muftasini mavjudligi har ikki g‘ildirakdan aylanma harakatni apparatlarga uzatish 
imkonini bersa, ajratgich esa soshniklar ko‘tarilganda uzatish mexanizmini 
ajratadi. 
Qutining mos bo‘limlariga solingan urug‘lar va o‘g‘itlar o‘z oqimi bilan 

Download 29.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling