Ma’ruza Seyalkalarning tasnifi. Urug’ miqdorlagichlar
F.M.MAMATOV, I.G’.TEMIROV
Download 29.65 Kb. Pdf ko'rish
|
M-7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sabzavot seyalkalari ham
- QISHLOQ XO‘JALIK MASHINALARI
- 2-rasm. SUPO-6 seyalkasining ish jarayoni.
F.M.MAMATOV, I.G’.TEMIROV
195 yo‘naltirgichlarsiz ishlash man etiladi. Soshniklar tizgini to‘g‘ri, erkin holatda bosuvchi prujinalar uzunligi esa barcha soshniklar uchun bir xil bo‘lishi kerak. Soshniklarni joylashtirish har xil ekish sxemalari belgilangan maxsus taxta yordamida bajariladi. Soshniklar belgili taxtaga tushiriladi va tizginlar va vilkalar bo‘shatilib, soshniklar brus bo‘yicha kerakli holatga surilib, har bir disk taxtadagi mos belgi ustiga keltiriladi. Sabzavot seyalkalari ham universal hisoblanadi, chunki ular barcha sabzavot hamda poliz va mayda urug‘li yem-xashak ekinlari ekish bilan bir vaqtda qatorlarga mineral o‘g‘itlarni solish imkoniyatiga ega. Ekish tekis jo‘yakli va pushtali yuzalarga keng qatorli va tasmasimon usullar bilan amalga oshiriladi. QISHLOQ XO‘JALIK MASHINALARI 200 Bunda, ehtiyojga qarab bir vaqtning o‘zida sug‘orish egatlari ham olinishi mumkin. SUPO-6 seyalkasi pomidor, bodring, qalampir, baqlajon, qovoq va karamning urug‘ini tekis yuzaga va jo‘yaklarga donalab va uyalab ekish uchun mo‘ljallangan. Seyalka oltita ekish seksiyasidan iborat bo‘lib (131-rasm), ular parallelogramm ilgak 2 bilan ikkita tayanch-uzatma g‘ildirak 16 ga tayangan ramaga bog‘langan. Ramada ventilyator, uzatish mexanizmi, avtotirkama, egiluvchan havo o‘tkazgichlar va iztortgichlar o‘rnatilgan. Seksiya korpus, to‘zitgich 8 li bunker 7, vakuum turidagi pnevmatik ekish apparati 13, soshnik 14, oldingi 15 va orqa 10 g‘altaklar, zagortachlar 12, soshniklar chuqurligini sozlagich 9 va sudrama 11 dan iborat. 2-rasm. SUPO-6 seyalkasining ish jarayoni. 1 – uzatish mexanizmi; 2 – osma; 3 – rama; 4 – avtoulagich; 5 – ventilyator; 6 – havo quvuri; 7 – bunker; 8 – to‘zitgich; 9 – chuqurlikni sozlagich; 10 va 15 – g‘altaklar; 11 –shleyf; 12 – zagortachlar; 13 – ekish apparati; 14 – soshnik; 16 – g‘ildirak. Seyalka harakat qilganda ekish apparatlari aylanadi, siyraklashish kamerasida ventilyator hosil qilgan vakuum ta’sirida urug‘lar disklarning teshiklariga suriladi va ular bilan chiqarish (kamerasidan) bo’shlig‘idan soshnik bo‘shlig‘iga uzatiladi va egatchaning zichlangan tubiga yotqiziladi. Zagortachlar egatchani tuproq bilan ko‘madi, ular ortidan harakatlanayotgan g‘altakchalar 10 tuproqni zichlaydi, sudratmalar 11 esa qatorlar ustidagi tuproqni yumshatadi va yuzani tekislaydi. Uyaga ekiladigan urug‘lar miqdori ajratgich 2 vilkasini (131-rasm) burish orqali o‘zgartiriladi. Har xil o‘lchamdagi urug‘larni ekish uchun seyalka teshiklar diametri bilan farqlanadigan sakkiz komplekt disklar bilan jihozlangan. Qatordagi uyalar orasida masofa uzatma mexanizm reduktoridagi yulduzchalarni almashtirish orqali, urug‘larni ko‘mish chuqurligi regulyatorining maxovikchasini Download 29.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling