Ma’ruza Seyalkalarning tasnifi. Urug’ miqdorlagichlar
Download 29.65 Kb. Pdf ko'rish
|
M-7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Universal tirkama seyalka SZ-3,6
Ma’ruza Seyalkalarning tasnifi. Urug’ miqdorlagichlar . Hozirgi vaqtda unifikatsiyalashgan qatorlab ekadigan mujassamlashgan (dono‘g‘it) tezkor (15 km/s gacha tezlikda) seyalkalarning bir necha xil turlari ishlab chiqilmoqda. Bu oila uchun S3-3,6 tayanch model hisoblanadi. Universal tirkama seyalka SZ-3,6 (128-rasm) donli (bug‘doy, arpa, suli) va donli-dukkakli (no‘xat, loviya, soya) hamda ba’zi bir krupabop (marjumak, tariq va boshqa) o‘simliklarning urug‘larini ekish bilan bir vaqtda qatorlarga donador o‘g‘itlarni solish uchun mo‘ljallangan. Seyalka snitsali rama 12, tirkash qurilmasi, dono‘g‘it qutisi 2 va 3, urug‘lar uchun 24 ta g‘altakli novsimon 1 va o‘g‘itlar uchun shuncha g‘altak tishli 4 apparatlar, urug‘-o‘g‘it o‘tkazgichlar 6, ikki diskli soshniklar 9 va 10, zagortachlar 8, tayanch–uzatma pnevmatik g‘ildiraklar 11, gidrotsilindr 16 dan harakat oladigan ko‘tarish mexanizmi va ekish apparatlariga g‘ildirakdan harakat uzatadigan mexanizm va seyalka ishini nazorat qiladigan qurilmadan iborat. Dono‘g‘it qutisi to‘siq yordamida ikki bo‘limga ajratilgan: oldingi 2 - urug‘lar uchun; orqa 3 - o‘g‘itlar uchun. To‘siqda darcha bor. Urug‘ va o‘g‘itlar ekilganda darcha qopqoq bilan yopiladi, o‘g‘itsiz ekilganda esa darcha ochiladi va ikki bo‘limga ham urug‘ solinadi. Soshniklar ikki qator joylashtirilgan, bu esa ularni o‘simlik qoldiqlari va tuproq bilan tiqilishining oldini oladi. Soshniklarni chuqurlashtirish prujinalarni siqish orqali sozlanadi; ham guruhli, ham yakka sozlash ko‘zda tutilgan. Don va o‘g‘it ekish apparatlarining vallari o‘rtada joylashgan tishlizanjirli uzatish mexanizmi va o‘zish (obgon) muftali qarshi harakat vali va ajratgich orqali tayanch g‘ildirakdan aylanma harakatga keltiriladi. O‘zish muftasini mavjudligi har ikki g‘ildirakdan aylanma harakatni apparatlarga uzatish imkonini bersa, ajratgich esa soshniklar ko‘tarilganda uzatish mexanizmini ajratadi. Qutining mos bo‘limlariga solingan urug‘lar va o‘g‘itlar o‘z oqimi bilan Download 29.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling