Ma’ruza Seyalkalarning tasnifi. Urug’ miqdorlagichlar
QISHLOQ XO‘JALIK MASHINALARI
Download 29.65 Kb. Pdf ko'rish
|
M-7
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Dono‘g‘it universal tirkama seyalkasining sxemasi.
- 2-§. Seyalkalarni ishga tayyorlash
QISHLOQ XO‘JALIK MASHINALARI
194 ekish apparatlarining qabul kamerasini to‘ldiradi. Ish holatiga tushirilgan soshniklar bilan seyalka harakatlanganda don va o‘g‘it apparatlarining aylanib turgan g‘altaklari ekiladigan materialni ilintirib oladi va urug‘ o‘tkazgichlarni voronkasiga tashlaydi. U urug‘ o‘tkazgichlar bo‘yicha soshniklarning disk oralig‘i bo‘shlig‘iga keladi, so‘ngra yo‘naltirgichlar bo‘yicha dumalaydi va soshnik disklari hosil qilgan ariqchaga tushadi. Urug‘ va o‘g‘itlarni ko‘mish hamda tuproq relyefini tekislash zagortachlar (shleyflar) bilan bajariladi. SZ-3,6 bazasida quyidagi modifikatsiyadagi seyalkalar chiqariladi: ankerli soshniklar bilan, bitta diskli soshniklar bilan, torqatorli, kanopdono‘g‘it, sholidono‘g‘it, dono‘g‘ito‘t seyalkalari. 1-rasm. Dono‘g‘it universal tirkama seyalkasining sxemasi. 1 – urug‘ uchun ekish apparati; 2 – urug‘ uchun dono‘g‘it quttisining bo‘limi; 3 - o‘g‘it uchun dono‘g‘it quttisining bo‘limi; 4 - o‘g‘it ekish apparati; 5 – lotok (nav); 6 – urug‘ o‘tkazgichlar; 7 – oyoq osti taxtasi; 8 – zagortach; 9 va 10 – orqa va oldingi ikki diskli soshnik; 11 – pnevmatik g‘ildirak; 12 – spitsali rama; 13 – tirgak; 14 – chuqurlikni sozlagich; 15 va 17 – dastak; 16 – gidrotsilindr; 18 - tortqi. 2-§. Seyalkalarni ishga tayyorlash Ekish oldidan seyalkaning ishchi organlari va mexanizmlarining texnik holati tekshiriladi, soshniklar joylashtiriladi, urug‘lar va o‘g‘itlarni bir xil ekish me’yoriga ekish apparatlari sozlanadi, iztortgichni chiqishi va urug‘ni ko‘mish chuqurligi o‘rnatiladi. Ekish apparatlarining sozligiga alohida e’tibor qaratiladi. G‘ildiraklar aylanganda ekish apparatlarining g‘altaklari rozetka bilan erkin aylanishi, ekish sozlagichining dastagi qo‘l bilan surilganda esa val g‘altaklar bilan birga korpuslarda surilishi kerak. Urug‘ o‘tkazgichlarda uzilishlar bo‘lmasligi lozim. Soshniklarning disklari erkin aylanishi kerak. Disklarni bir-biriga tegish nuqtasida ular orasidagi tirqish 1,5 mm gacha, tig‘i qalinligi 0,5 mm gacha, charxlangan faskasining kengligi 6-7 mm bo‘lishi lozim. Tozalagichlar va urug‘ Download 29.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling