Pnevmatik seyalkalar (SUPN va SUPT turidagi) makkajo‘xorini yakkalab
ekish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ammo ular universal
mashinalar hisoblanadi,
chunki bu seyalkalar bilan kungaboqar, beda, sorgo, sabzavot
va poliz ekinlarini
ham ekish mumkin. Bunday turdagi seyalkaning (133-rasm) asosiy qismlari:
rama, ventilyator, tayanch-uzatma g‘ildiraklar,
ekish seksiyalari, avtotirkama,
gidrofitsiyalashgan iztortgich. Rama
14 payvandlangan
qutisimon brus
ko‘rinishida bo‘lib, unga avtotirkama
1, disksimon o‘g‘it
ekish apparatlari 2 va
ventilyator
3 o‘rnatilgan. Rama tayanch-uzatma pnevmatik g‘ildiraklar
13 ga
tayanadi. Ramaga parallelogramm mexanizmlar
12 yordamida ekish seksiyalari
bog‘langan. Ventilyator ekish apparatlarining siyraklashish
kamerasida siyraklik
(vakuum) yaratish uchun xizmat qiladi. U ular bilan havo o‘tkazuvchi quvurlardan isorat.
orqali bog‘langan. Ventilyator seyalkada o‘rnatilgan gidromotor yoki traktorning
quvvat olish validan (QOV) harakatga keltiriladi.