Ma’ruza Seyalkalarning tasnifi. Urug’ miqdorlagichlar


F.M.MAMATOV, I.G’.TEMIROV


Download 29.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana31.01.2024
Hajmi29.65 Kb.
#1829539
1   2   3   4   5
Bog'liq
M-7

F.M.MAMATOV, I.G’.TEMIROV 
201 
aylantirish bilan, ekish seksiyalarini belgilangan ekish sxemasiga (50+90, 50+100, 
60+120 va 70 sm) esa brus bo‘yicha ilgak ning kropshteynini surish bilan 
o‘zgartiriladi. 


Seyalkaning qamrash kengligi 4,2 m, ishchi tezligi 8 km/soat gacha, mehnat 
unumdorligi 2,1-3,36 ga/soat. 
5-§. Maxsus seyalkalar 
Maxsus seyalkalarga makkajo‘xori, lavlagi, paxta seyalkalari va boshqalar 
kiradi. Ular odatda osma bo‘ladi. Makkajo‘xori seyalkasi (SKNK turidagi) 
saralangan (kalibrlangan) makkajo‘xori urug‘ini uyalab, kvadrat-uyalab va 
donalab ekish bilan bir vaqtda o‘g‘it solish uchun mo‘ljallangan. Seyalkaga 
kungaboqar, beda, poliz ekinlari, araxis va boshqalarni ekish uchun komplekt 
moslamalar ishlab chiqilgan. Bunday turdagi mashinaning asosiy ajralib turadigan 
farqi har bir ekish apparatiga ayrim uzatmali ishchi organlarni seksiyali 
joylashishi (3-rasm). 
3-rasm. Makkajo‘xori seyalkasining sxemasi. 
– brus; – osish qurilmasi– o‘g‘it ekish apparati– o‘g‘ito‘tkazgich; – urug‘ uchun quti; 
– urug‘ ekish apparati; – seksiya g‘ildiragi; – soshnik.
QISHLOQ XO‘JALIK MASHINALARI 
202 
Bu dala relyefiga yaxshi moslashishni va chuqurlik bo‘yicha urug‘larni bir 
tekis ko‘milishini ta’minlaydi. Seyalkaning tutib turuvchi qismini to’rtburchak 
kesimli brus tashkil qiladi, unga parallelogramm mexanizm ABCD yordamida 
ishchi organlarining seksiyalari berkitilgan. Har bir seksiya urug‘lar uchun banka 
5, tik aylanish o‘qli disksimon ekish apparati va zichlagich g‘ildirak dan 
iborat. Seyalka brusi osma qurilma bilan jihozlangan va ikkita tayanch g‘ildirakka 
tayanadi. Disksimon o‘g‘it ekish apparatlarining har ikki seksiyasi bitta tayanch 
g‘ildirakdan harakat oladi. Urug‘ ekish apparatlari seksiyalarining tayanch 
g‘ildiraklaridan harakatga keltiriladi. 
Ekish me’yori uzatma mexanizmining yulduzchalarini almashtirib diskining 
aylanish chastotasini o‘zgartirish orqali sozlanadi. 

Download 29.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling