Ma’ruza Shimoliy Afrika va janubi-g‘arbiy osiyo arab mamlakatlari


Download 26.42 Kb.
bet4/7
Sana26.10.2023
Hajmi26.42 Kb.
#1722973
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu

Transporti. Ichki yuklarning asosiy qismi odatda temir yo‘llarda tashiladi. Temir y o ‘llami ko‘pchiligi foydali qazilmalar konlari va eksport ekinlari yetishtiriladigari rayonlardan dengiz portlariga boradi. Shimoliy Afrika mamlakatlarida temir yo‘l shahobchalari zichroq; Marokash, Jazoir, Tunis, Misrda temir yo‘llaming bir qismi elektrlashtirilgan. Avtomobil yo’llari faqat sohil bo‘yida va daryo bo'ylarida yaxshi rivojlangan. Cho‘llarda tuyalardan keng foydaniladi. Dengiz transporti asosan tashqi savdoga xizmat qiladi. Shimoliy Afrikadagi yuk aylanmasi eng katta bo'lgan portlar - Iskandariya, Jazoir, Tunis, Kasablanka, Tripoli. Yo‘lovchi tashishda havo transporti katta rol o‘ynaydi. Quvur transporti neflga boy mamlakatlarda yaxshi taraqqiy etgan. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Tashqi savdo bu mamlakatlami dunyo bozori bilan chambarchas bog’laydi. Tashqi bozorga mamlakatlar mineral va qishloq xo'jalik xom ashyosi chiqaradi. Importda esa asosan oziq-ovqat, keng iste’mol mollari, sanoat jihozlari, mashina va asbob uskunalar tashkil etadi. Bu esa ko‘pchilik mamlakatlar xo‘jaligini importga qaram ekanligidan dalolatdir.


4. Janubi-G’arbiy Osiyo subregioni geografik sharoiti, tabiiy sharoiti, resurslari va aholisi

Janubiy-G‘arbiy Osiyo Yaqin va O‘rta Sharqning katta qismini egallab, Kichik Osiyo yarimorolini, Armaniston va Eton tog‘ligini, Mesopotamiya pasttekisligini, Arabiston yarimorolini, Kipr orolini, shuningdek Fors ko‘rfazi va Qizil dengizdagi qator kichik orollarini o‘z ichiga oladi.Janubi-G‘arbiy Osiyoni egallagan mamlakatlaming umumiy maydoni 6,8 mln.km2 yoki butun Osiyoning 15% maydoni. Mintaqaning geografik o‘rni dunyoning uch qismi bir-biri bilan tutashgan joyda (Osiyo, Afrika, Yevropa), muhim havo yo`llari va dengiz yo’llari chorrahasida (Qora dengiz, Bosfor va Dardanell bo‘g ‘zlari, Marmar dengizi, Egey dengizi, O‘rta dengiz, Suvaysh kanali, Qizil dengiz, Bobil-Mandab bo‘g‘ozi), shuningdek bu yerda boy neft konlarining mavjudligi uning katta iqtisodiy va strategik ahamiyatini belgilaydi. Janubi-G‘arbiy Osiyo yer sharidagi siyosiy jihatdan faol mintaqalardan biri hisoblanadi. Kishilik jamiyati rivojining hamma tarixiy pog‘onalarida murakkab iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar, bu yerda buyuk imperiyalar va kichik davlatlaming bunyod bo‘lishi va tarqalib ketishi harbiy g‘alabalar va buzg‘unchiliklar natijasidir. Mintaqa mamlakatlari davlat tuzumiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Intensiv ijtimoiy o‘zgarishlar yo‘lini tanlagan respublikalar - Afg‘oniston, Yaman, Suriya, Iroq, Livan. Monarxiya tuzumi Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Kuvayt, Qatar, Baxrayn, Ummonda hali ham saqlanib qolgan. Janubi-G‘arbiy Osiyo siyosiy xaritasida quyidagi davlatlami ko‘rish mumkin: Afg'oniston, Eron, Turkiya, Kipr, Isroil; arab davlatlari — Suriya, Livan, Iroq, lordaniya, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Kuvayt, Baxrayn, Yaman, Ummon, Falastin.



Download 26.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling