Ma’ruza Shimoliy Afrika va janubi-g‘arbiy osiyo arab mamlakatlari
Download 26.42 Kb.
|
2-mavzu
Qishloq xo‘jaligi. Shimoliy Afrikadagi rivojlanayotgan mamlakatlarda dehqonchilik asosiy rol o ‘ynaydi. Dehqonchilik tabiiy ofatlardan, qurg‘oqchilik, toshqinlar, chigirtkadan katta zarar ko‘radi. Mehnat unumdorligi past, shuning uchun k o ‘pchilik mamlakatlar chetdan oziq-ovqat keltirishga majburlar.
Eksport ekinlari daromad olishning va chet el valyutasi kiritishning asosiy manbaidir. Mahsuloti eksport qilinadigan va iste’mol qilinadigan ekinlar yetishtirish geografisi tabiiy sharoit bilan juda bog‘liq. Shimoliy Afrikada sitruslar va zaytun mevalari, sabzavot, mevalar, alfa o ‘ti eksport qilinadi. Misr bilan Sudan chetga paxta chiqaradi. Cho‘ldagi vohalarda xurmo yetishtiriladi. Donli ekinlardan bug'doy Afrikani shimolida (Jazoir, Tunis, Marokash, Misr), makkajo‘xori (Misr, Marokash), Nil vodiysida (Misr) esa sholi yetishtiriladi. Shimoliy Afrika mamlakatlarida chorvachilik ekstensiv xo‘ja1ikdir; havdab boqiladigan yaylov chorvachiligi, yarim ko'chmanchi va ko'chmanchi chorvachilik asosiy o ‘rin egallaydi. Marokash va Sudanda qo‘ychilik birinchi o'rinda turadi. Bir qancha mamlakatlarda tuya va echki boqiladi. Mavritaniyada esa baliqchilik asosiy daromad manbai hisoblanadi. Sanoati. Shimoliy Afrika mamlakatlarida kon sanoati iqtisodiyotning mihim tarmoqlaridan biridir. Bu mamlakatlar kon sanoatining an'anaviy tarm og‘i fostforitlar qazib chiqarishdir; bu mamlakatlar kopitalistik dunyoda qazib chiqariladigan barcha fosforitning Vi qismini beradi. Jazoirda neftgaz va kon sanoatining boshqa tarmoqlari ustidan hukumat nazorat o ‘rnatgan. Liviyada neft sanoati ustidan davlat nazorati o ‘matilgan. Mavritaniyada temir ruda qazib chiqarish milliylashtirilgan. Marokashda fosforit konlari davlat kompaniyalari qo‘lida. Afrikadagi arab mamlakatlarining ishlov beruvchi sanoati tizimida yengil va oziq-ovqat sanoati yatakchi rol o'ynavdi. To‘qimachilik sanoati Misr, Tunis, Marokashda eng ko‘p taraqqiy etgan; bu mamlakatlar ip-gazlamaga bo‘lgan o ‘z ehtiyojlarini to ‘la qondiradi; Misr chetga ko‘p miqdorda kalava ip chiqaradigan mamiakatdir. Bu mamlakatlarga og‘ir sanoat korxonalarini qurishda ko‘pchilik mamlakatlar, jumladan Sobiq Sovet Ittifoqi texnik jihatdan yordam ko‘rsatgan. Masalan, Jazoirda - metallurgiya va alyuminiy zavodlari; Misrda - metallurgiya, alyuminiy, mashinasozlik zavodlari, Asvonda eng katta GES qurishda, Liviyada - atom tadqiqotlar markazi, Marokashda, Tunisda- qo‘rg‘oshin quyuvchi zavod. Kimyo sanoati asosan qazib chiqariladigan fosfarit, neftgaz, rangli metall cbiqindilari va boshqa turdagi kimyoviy xom ashyolarga tayanadi. Marokashda fosforit asosida Safida yirik kimyo kombinati qurilgan. Jazoirning Al-Jazoir, Oran, Annaba shahrlarida superfosfat zavodi, Misrda superfosfat va azot o‘g‘itlari zavodi bor. Neft qazib chiqaruvchi mamlakatlarda neftni qayta ishlash rivojlanib bormoqda. 0 ‘z nefti asosida bu tarmoq Jazoir, Liviya, Misrda rivojlandi. Avtomobil sanoati asosan avtoyig‘uv korxonalari bilan cheklangan (Jaoir, Misr, Marokash, Tunis). Ba’zi mamlakatlarda vagansozlik va kemasozlik korxonalari (Misr, Marokash), elektr jihozlari ishlab chiqarivchi korxonalar ( Jazoir, Misr) bor. Yengil sanoat tarmoqlari ichida to ‘qimachitik sanoati rivojlangan. Bu tarmoq rivojlangan mamlakatlar - Jazoir, Misr, Marokash. Bu barcha mamlakatlarda u yoki bu darajada oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Un sanoati Shimoliy Afrika mamlakatlarida rivojlangan, vino ishlab chiqarish O‘rta dengizbo‘yi mamlakatlarida rivojlangan (Jazoir, Tunis, Marokash). Download 26.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling