Ma’ruza Shimoliy Afrika va janubi-g‘arbiy osiyo arab mamlakatlari


Download 26.42 Kb.
bet1/7
Sana26.10.2023
Hajmi26.42 Kb.
#1722973
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu


Ma’ruza 2.Shimoliy Afrika va janubi-g‘arbiy osiyo arab mamlakatlari geografiyasi



  • REJA:

  1. Shimoliy Afrika (Mag’rib) arabmamlakatlari geografik sharoiti, tabiiy sharoitiva resurslari

  2. Shimoliy Afrika (Mag’rib) arabmamlakatlari aholisi vadini

  3. Shimoliy Afrika (Mag’rib) arab mamlakatlari qishloq xo’jaligi va sanoati




  • TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR

Tabiiy geografik o'rin, cho'l, dyuna, gruntsuvlar, neft, oltin, oltingugurt, demografiya, qora metallurgiya, ranglimetallurgiya, voha, daryovodiysi, allyuviy, neft, iqlimmintaqasi, О'rtadengiziqlimi, mehnatresurslari, immigrant, aholi, tabiiyо‘sish, yengilsanoat, tog'-konsanoati, ekstensivxo’jalik, eksport, import.





  1. Shimoliy Afrika (Mag’rib) subregioni geografik sharoiti, tabiiy sharoiti va resurslari

Zamonaviy Mag’rib o‘z ichiga 5 ta arab davlatlarini o’z ichiga oladi. Shu bilan birga mintaqa dunyoning madaniy, siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim o ‘rinni egallaydi. Bu bilan Mag’rib qulay geografik o'ringa ega.


Geografik sharoiti va tarixiy rivolanishining muhim jihatlari. Shimoliy Afrikada joylashgan arab mamlakatlari Atlantika okeani, O‘rta dengiz va Qizil dengizga tutash, Yevropadan Osiyo va Avstraliyaga boradigan muhim dengiz yo‘li yaqinida joylashgan. Bu mamlakatlar qadimdan O‘rta dengiz orqali Yevropa bilan va Janubi-G‘arbiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqalari qilib kelgan, bu esa shaharlar dengiz sohilida paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib kelgan. Shimoliy Afrikadagi arab mamlakatlari Janubi-G‘arbiy Osiyodagi arab mamlakatlariga bevosita yaqin turadi.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Hududidan xo‘jalikda foydalanish xarakteri ko‘p jihatdan tabiiy-geografik sharoitlar kompleksiga va jumladan relyefga bog’liq. Shimoliy Afrika mamlakatlarida dehqonchilik uchun eng qulay, yaxshi o‘zlashtirilgan hududlar dengiz sohilidagi pasttekisliklar, past tog‘lardir. Shimoliy Afrika mamlakatlarining shimoliy qismi 0‘rta dengiz tipidagi iqlim, janubda esa tropik iqlim mintaqasida, Sudan va Somalining janubi esa subekvatorial iqlim mintaqasida joylashgan, bu esa dehqonchilik ihtisosiga ta’sir etgan. Shimoliy Afrika mamlakatlarida Janubiy Yevropada ekiladigan ekinlardan ko‘plari yetishtiriladi. O‘rta dengiz iqlimi sitrus mevalar, zaytun daraxtlari, tok, shuningdek, mo‘tadil mintaqaning g ‘alla ekinlari uchun qulaydir. Biroq yozgi haroratlar yig‘indisi Janubiy Yevropadagiga nisbatan ko‘proq, shuning uchun ham mevalar ertaroq pishadi va shirin bo`ladi. Iqlim quruq bo’ganidan kanallar qazish katta ahamiyatga ega. Cho’l tropik iqlim mintaqasida Sahroi Kabirda vohalardagi sug‘oriladigan yerlardagina dehqonchilik qilish mumkin. Subekvatorial iqlim mintaqasida joylashgan mamlakatlarda moyli o'simliklar, banan, mango, shakarqamish, kunjut yetishtirish juda qulay. O'simlik resurslari katta boylikdir. Shimoliy Afrikadagi tipik O‘rta dengizbo‘yi florasi orasida po‘kak emani eksportrda muhim ahamiyatga ega. Alfa o‘ti ham eksport qilinadi, bu o'tdan eng yaxshi qog‘oz ishlanadi. Savanna o‘tlari chorva mollari uchun yaxshi yem-xashak bazasi xisoblanadi. Nil daryosi energiyaning potensial manbasi sifatida alohida rol o‘ynaydi. Bundan tashqari Nil suvining yarmisi sug‘orish uchun ketadi. Vohalarda suv artizan quduqlardan olinadi. Shimoliy Afrikadagi Liviya, Jazoirda dunyodagi eng katta neft gaz konlari topilgan. Marokashdan Misrgacha boradigan Shimoliy Afrika fosforit zaxirasi umumiy geologik zaxirasiga ko‘ra horij mamlakatlarda birinchi o'rinda turadi. Rudalardan mis, temir, xrom, surma, marganes konlari bor.



Download 26.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling