Ma’ruza: sintaksis


Download 275 Kb.
bet7/12
Sana03.02.2023
Hajmi275 Kb.
#1153190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ma’ruza sintaksis

Men o`qiyman, yozaman va ishlayman. (o’zb. tilida). Brat skazal, chto mы zavtra poedem na rыbalku. Nastupila minuta, kogda ya ponyal vsyu etu senu slov. (rus tilida) When I same home, I saw that the table was set. (ingl. tilida).
Shunday qilib, qo`shma gap grammatik jihatdan shakllangan, birdan ortiq axborotni tashish uchun mo`ljallangan, sodda gaplarning grammatik, semantik, intonatsion va kommunikativ jihatlardan yaxlitlangan butunligidir.
Qo`shma gaplarning umumiy lisoniy sintaktik qolipi [WPm] U [WPm] ko`rinishiga egadir. O`zbek tilida qo`shma gaplarning, asosan, uch turi ajratiladi:

  1. Teng tarkibli qo`shma gaplar (qolipi – [WPm], [WPm]).

  2. Tobe tarkibli qo`shma gaplar (qolipi – [WPm] → [WPm]).

  3. Mutanosib tarkibli qo`shma gaplar (qolipi – [WPm] ↔ [WPm]).

Teng tarkibli qo`shma gaplarning mohiyati shundaki, uning tarkibiy qismlari sanalmish sodda gap kesimlarining har biri mustaqil shakllangan bo`lib, ularni osongina alohida sodda gaplarga aylantirib yuborish mumkin. Chunonchi, Bormang, bormoqchimisiz? Kechasi qalin qor yog`di, biroq havo unchalik sovimadi. Men seni deyman-u, sen kimni deysan?!
Tobe tarkibli qo`shma gaplarda ikki yoki undan ortiq sodda gaplar shakllangan [Pm] mavjud bo`lsa-da, birinchi sodda gapning markazi mustaqil sodda gap kesimi bo`la olmaydi. U doimo tobe gap markazini shakllantirib, o`z mohiyatini ochishi uchun o`zidan keyin mustaqil kesimli gap bo`linishini talab etadi. Masalan, Men qo`shiq aytsam, u tinglaydi. Ergash ko`ringan ham edi, bolalar yugurishdi. Demak, [WPm] → [WPm] qolipidan chiqqan hosilalarda birinchi gap shaklan va mazmunan ikkinchi bir gapga ehtiyoj sezadi, lekin aksincha emas.
Mutanosib tarkibli qo`shma gaplarni tashkil etuvchi sodda gaplar kesimlarining biri ikkinchisini, ikkinchisi esa birinchisini taqozo etadi. Ikkalasining ham kesimi nomustaqil kesim hisoblanadi. Chunonchi, Tezroq tong otsa-yu, bog`larni, maysalarni ko`rsam. Agar Salima biznikiga kelsa edi, biz birga borgan bo`lar edik. [WPm] ↔ [WPm] qolipli qo`shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarni mustaqil holda qo`llash mumkin. Biroq ular mustaqil qo`llanganda butunlay boshqa ma’no yuzaga chiqadi. Umumta’lim maktablarida qo`shma gaplar ularni bog’lovchi vositalar asosida quyidagich tasniflab beriladi :

  • ohang yordamida bog`langan qo`shma gaplar;

  • bog`lovchilar yordamida bog`langan qo`shma gaplar;

  • yuklamalar vositasida bog`langan qo`shma gaplar;

  • nisbiy so`zlar bilan bog`langan qo`shma gaplar;

  • kesimlik so`zlari bilan bog`langan qo`shma gaplar.

Qo`shma gaplarni uyushiq kesimli sodda gaplardan (Salima o`tirar, turar va yig`lab chopar edi; Sotuvchi do`kondagi kitoblardan uch-to`rttasini artib, o`qib chiqdi kabi) hamda sodda va qo`shma gaplar orasidagi «oraliq uchinchi» uyushgan gaplardan (Bahor kelar, dala ishlari qizib ketar edi kabi) farqlash lozim.

Download 275 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling