Ma’ruza: sintaksis


Download 275 Kb.
bet4/12
Sana03.02.2023
Hajmi275 Kb.
#1153190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ma’ruza sintaksis

LSQ larga xos belgilar

LSQ larning nutqiy hosilalariga xos belgilar

bevosita kuzatishda berilmagan

Bevosita kuzatishda berilgan

ijtimoiy

individual (alohida)

takrorlanuvchan

Takrorlanmas

chegaralangan

Chegaralanmagan

majburiy

Ixtiyoriy

LSQ lar ma’lum shaxslar tomonidan yasalgan emas, balki muayyan tilda so‘zlashuvchi jamiyat a’zolari tomonidan uzoq asrlar davomida kishilar ongida shakllangan. LSQ lar barcha jamiyat a’zolari uchun teng baravar xizmat qiladi. Bitta lisoniy sintaktik qolip yuzlab, minglab so‘z birikmalarida yoki gaplarda takrorlanaveradi. Masalan, [ot tushum kelishigi + fe’l] so‘z birikmasi qolipidan polni bo‘yamoq, farzandni sevmoq, onani ardoqlamoq, kitobni o‘qimoq kabi son-sanoqsiz nutqiy sintaktik birliklarni hosil qilish mumkin. Demak, LSQ lar takrorlanuvchandir. Yuqorida eslatib o‘tganimizdek, bevosita kuzatishda berilgan birorta hodisada takroriylik yo‘q. Hayotdan ko‘z yumgan birorta odamni qayta yaratib bo‘lmaganidek, qolipdan chiqqan so‘z birikmasi yoki gapni ham qayta aytish, yozish mumkin emas. Bu nutqiy hosilalarga xos betakrorlikdir.


LSQlar chegaralangan bo’ladi. Masalan, o‘zbek tilshunosligida so‘z birikmalarining 18 ta ustuvor qolipi aniqlangan. O‘zbek tilidagi minglab, yuz minglab (balki undan ham ko‘proq) so‘z birikmalari turli nutq sharoitlariga mos ravishda turfa ko‘rinishlarda aks etsa-da, LSQ ning mohiyat chegarasidan chiqib keta olmaydi. Demak, LSQlardan chiqadigan nutqiy hosilalar miqdori esa chegaralanmagan bo’ladi.
Rus tilshunosligida sodda gaplarning eng kichik qurilish qolipi [S - P], ya’ni [ega - kesim] ko‘rinishiga egadir. Masalan: Trava zeleneet. Ptisы uletayut kabi. O‘zbek tilida sodda gapning eng kichik qurilish qolipi [WPm] ko‘rinishiga ega. So‘z birikmalariga xos bo‘lgan umumiy qolip [TB+HB], ya’ni [tobe bo‘lak+hokim bo‘lak] dir.
Har qanday so‘z birikmasi va gap, kontekst va matn kabi sintaktik butunliklarning birlamchi moddiy asosi so‘zdir. Fikr almashish jarayoni aslida so‘zlardan, ularning semantik-sintaktik bog‘lanishidan yuzaga keladi. Demak, so‘z ham til birligi, ham nutq birligidir. Tilshunos olim Ravshanxo‘ja Rasulov ta’kidlaganidek, ham til, ham nutq birligi bo‘la olish imkoniyati faqat so‘zga xosdir.
Gap tarkibida so‘zlarning muayyan qurshovda bo’lishi, muayyan ishtirokchilar bilan birika olish imkoniyatlari tasodifiy va butunlay erkin emas. Ular muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Ma’lum til birligining boshqasi bilan birikuvining asosiy qonuniyatlari valentlik tushunchasida birlashadi. Ma’lum bir so‘zning boshqa so‘zlar bilan birika olish imkoniyati, ma’noviy sintagmani tuzishi, o‘z ma’nosini to‘la ochish uchun muayyan so‘z va so‘z shakllarni talab etishi valentlik nazariyasining asosini tashkil etadi. Valentlik so‘zi aslida «kuch» degan ma’noni bildiradi. Fizika fanidan ma’lumki, kuch-o‘zaro ta’sir va bog‘lanish demakdir.ushbu atama dastlab kimyo fanida qo’llangan bo‘lib, biror kimyoviy element atomining boshqa element atomlaridan muayyan sondagisini biriktirib olish xossasini ifodalaydi.
Jahon tilshunosligida «valentlik» atamasi o‘tgan asrning 20-30-yillarida paydo bo‘ldi va juda tez ommalashdi. XX asrning 40-yillarida valentlik tushunchasini sovet tilshunosligiga S.D.Kotsnelson, 80-yillarida esa o’zbek tilshunosligiga R.Rasulov olib kirdi.1 R.Rasulov valentlik hodisasini imkoniyatli voqelik sifatida baholab, olimlar o‘rtasida uzoq yillar davom etgan valentlik ma’noviy tabiatga egami yoki sintaktik xarakterga egami, degan jiddiy munozaraning yechimini bera oldi va o‘zbek tilshunosligida valentlik ikki tomonlama: ham semantik, ham sintaktik hodisa ekanligini isbotladi.
Tilshunoslikda valentlik tushunchasida uch jihatni: so‘z valentligi, sintaktik valentlik, grammatik shakl valentligi. farqlash kerak bo’ladi.

Download 275 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling