Topshiriq. Topshiriq o„qituvchiga masalalar qo„yishga ruxsat beradi, bundan esa
talabadan javoblarni elektron ko„rinishda tayyorlash (ixtiyoriy formatda) va serverga yuklash
talab etiladi.
Talaba bajargan topshirig„ini asinxron rejimda (qachon hoxlasa) bir yoki bir nechta
fayllar ko„rinishida yoki shu jumladan, yopishtirilgan fayllar bilan online rejimida jo„natishi yoki
tizimdan tashqarida topshirishi mumkin. Agar topshiriqqa javoblar jo„natilsa, u holda o„qituvchi
elektron pochta orqali bajarilgan topshiriqli faylni kelganligi haqida xabardor qilinishi kerak.
Topshiriqlarning bir necha tiplari mavjud bo„lib, ular quyida keltirib o„tilgan:
1. Bir nechta fayllar ko„rinishidagi javob. Topshiriqning bu tipi har bir qatnashchidan
ixtiyoriy tipli bir yoki bir nechta fayllarni yuklashga ruxsat beradi. Ular MS Word hujjatlari,
tasvirlar yoki boshqa fayllar bo„lishi mumkin. Talaba topshiriqqa javob berishda o„rnatilgan
fayllarning maksimal sonini yuklashi mumkin, ammo majbur emas.
2. Matn ko„rinishidagi javob. Topshiriqning bu tipi talabaga matnli javobni yuborish
imkoniyatini beradi va ish daftarini ishlatishga o„xshaydi.
Talaba javob matnini tahrirlashning oddiy vositalarini, shu jumladan HTML-muharrirni ishlatib,
tahrirlashi mumkin (forum yoki xabarni yuborish kabi).
3. Fayl ko„rinishidagi javob. Topshiriqning bu tipi talabaga javob sifatida bitta ixtiyoriy
faylni yuborish imkoniyatini beradi. Masalan, surat, Word hujjati, arxiv yoki ixtiyoriy boshqa
faylni.
Saytdan tashqaridagi javob. Bu rejim topshiriq Moodle dan tashqaridagi berilganda
foydali hisoblanadi. Masalan, pochta orqali yoki o„qituvchi bilan shaxsan ko„rishganda.
Talabalar topshiriqni o„qishi mumkin, ammo unga javobni matn ko„rinishida ham, fayl
ko„rinishida ham yuborisholmaydi. O„qituvchi esa boshqa tipli topshiriqlardagidek kabi, o„zining
xulosasini yozishi va baholashi mumkin.
Ish daftari. Ish daftari talabaning konspekti, yozma nazorat ishining yoki referatning
analogi sifatida ko„rib chiqilishi mumkin.
O„qituvchi talabalarga aniq mavzu haqida fikr bildirishni yoki aniq savollarga javob
berishni taklif etadi.
Talaba o„zining javobini beradi va aniq vaqt davomida uni o„zgartirishi va to„ldirishi
mumkin.
So„rov. So„rov – bu oddiy instrument, u talabalarga savolning javobi sifatida bir nechta
variantlardan iborat javoblardan birini tanlashiga ruxsat beradi. Talaba sichqonchani bosish
orqali javobni tanlaydi.
So„rov maqsadi – ovoz berish yo„li bilan talabalardan aniq savolga javob olish
hisoblanadi, masalan, kurs haqida fikri.
Do'stlaringiz bilan baham: |