Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari. Reja


Download 1.58 Mb.
bet61/95
Sana31.01.2024
Hajmi1.58 Mb.
#1818696
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   95
Bog'liq
Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

Ma‟lumotlar bazasi. “Ma‟lumotlar bazasi” elementini quyidagi hollarda ishlatish
mumkin:
Birgalikda aniq mavzuga tegishli maqolalar, kitoblar, giperhavolalar, kutubxona
havolalarini yig„ish;
Kursning qatnashchilarini o„zaro tanishtirishda talabalar bir – birining ishini izohlashi va
xulosa berishi uchun ular tomonidan yaratilgan suratlar, plakatlar, saytlar, mavzularni qo„yish;
Kurs qatnashchilarining tuzatishlari va ularning bergan ovozlari orqali ish uchun yaxshi
deb topilgan variantlarning oxirgi ro„yxatini tuzish;
Talabalarga faylllarni saqlash uchun imkoniyat berish.
Maydon – aniq axborotlarni saqlash uchun ma‟lumotlar bazasi strukturasining
elementidir. Ma‟lumotlar bazasidagi har bir yozuv turli tipdagi maydonlarga ega bo„lishi
mumkin.
Glossariy. Glossariy – bu kursda ishlatiladigan terminlar va tushunchalar lug„atidir.
Glossariy funksional ravishda talabalar va o„qituvchilar uchun quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Lug„atda terminlar kategoriyalar bo„yicha guruhlanadi;
Talaba lug„at yozuviga izoh qo„shishi mumkin;
Izohlar o„qituvchi tomonidan baholanadi;
Lug„atlar XML orqali oson eksport va import qilinishi mumkin;
Lug„atlar izoh moduliga ega bo„lishi mumkin.
Forum. Forumlar – bu kursni o„rganish davomida kurs qatnashchilarining (talabalar va
o„qituvchilar) muloqot vositasi.
Forum talabalarga savollar berish va boshqa talabalarning savollariga javoblar berish
imkoniyatini beradi. Bu kurs o„rganish jarayonida tortishuv olib borishga ruxsat beradi.
Siz savol berishingiz mumkin, talabalar esa unga faqat javob berishi mumkin. Agar
talabalarga boshqa talabalarning javoblarini ko„rishga ruxsat berilgan bo„lsa, u holda ular boshqa
talabalar qo„yilgan masalani qanday yechayotganligini ko„rishlari mumkin bo„ladi.
Seminar. Seminar – bu shunday dars ko„rinishiki, unda talabalar nafaqat o„zining ishini
bajaradi, balki boshqa talabalarning ishini baholashadi. Yakuniy baho nafaqat mustaqil
ishlarning sifatiga, balki talabalarning taqrizchilar sifatidagi ishiga ham qo„yiladi.
Chat. “Chat” elementi kurs qatnashchilariga Internet orqali real vaqt davomida birgalikda
muloqot olib borishga ruxsat beradi. Chatlarni talabalarni o„qituvchi bilan onlayn muloqotlar
o„tkazish uchun ishlatish mumkin.
Har bir qatnashchisi o„ziga qulay vaqtda xabarlarni yuborishi va o„qishi mumkin bo„lgan
forumlardan farqli ravishda chatning barcha qatnashchilari o„zlarining kompyuterlarining yoniga
bir vaqtda yig„iladilar, shuning uchun har bir xabarga javob vaqti soat yoki kun bilan emas, balki
sekund bilan o„lchanadi.
Wiki (Wiki). Wiki – bu birgalikda yaratiladigan sahifalar to„plami. "Wiki wiki" gavay
tilida “juda tez” ma‟nosini beradi. Sahifalarni yaratish va yangilash tezligi – Viki
texnologiyasining asosiy aspektlaridan biridir. Wiki bir nechta odamlarga birgalikda
ko„rsatmalarning oddiy tili yordamida hujjatlarni yozishga ruxsat beradi. Moodle da ko„pincha
bir nechta talabalar bitta hujjat ustida ish olib borganda ishlatiladi.
Wiki bitta sahifadan boshlanadi, keyin har bir muallif ixtiyoriy sahifalarga, ular mavjud
bo„lmagan hollarda ham, havolani qo„shishi mumkin. Hujjat ustida bir vaqtda ish olib borilganda
ko„pincha bosh muharrir bo„lmaydi, natija barcha hujjatga o„zgartirishlar kiritadiganlar
tomonidan ta‟minlanadi.
Ko„p hollarda o„zgartirishlar kiritishdan oldin material tekshirilmaydi va shuning uchun
ko„pgina Vikilar keng jamoatchilikka yoki Viki serveriga kirishga ruxsat berilganlarga ochiq
hisoblanadi.
Wiki talabalarga hujjat bilan ish olib borgan holda uning tarkibini qo„shishga,
kengaytirishga va o„zgartirishga ruxsat beradi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling