Anketali so„rov. Statik hisoblanuvchi anketa standart elementidan farqli ravishda
(tahrirlanmaydigan va berilgan oldindan aniqlangan savollardan iborat) Anketali so„rov elementi
o„qituvchiga anketaga turli tipli savollarga ruxsat beradi:
Ha/Yo„q;
Matnli maydon;;
Esse maydoni;
Pereklyuchatel (Radio Buttons);
Bayroqchalar (Check Boxes);
Tushuvchi ro„yxat (Dropdown Box);
Baho (Shkala);
Sana;
Raqamli.
Savollar tipining bir qismi o„qituvchi tomonidan berilgan respondent keraklisini tanlashi
mumkin bo„lgan, javoblardan iborat bo„ladi. Savollarning boshqa tiplari respondent tomonidan
qo„lda kirgiziladi.
Testlar. Moodle MTV da testlar talabalar bilimini baholashning asosiy vositasi
hisoblanadi, ular o„qituvchiga qisqa vaqt davomida ko„pgina talabalarni baholashga ruxsat
beradi.
SCORM / AICC paketlari. Moodle MTV da tashqi tizimlarda yaratilgan, SCORM yoki
AICC paketlari import qilinadi.
SCORM moduli ixtiyoriy SCORM yoki AICC standart paketlarini yuklashga va ularni
o„quv kursining bir qismi sifatida ko„rishga ruxsat beradi.
Sharable Content Object Reference Model (SCORM) – umumiy tarkibli obyektlarni
yuborish modeli – masofaviy ta‟lim tizimlari uchun ishlab chiqilgan standart. Standart o„quv
materialini va butun masofaviy ta‟lim tizimini tashkillashtirishga qaratilgan talablarni o„z ichiga
oladi. SCORM komponetalarning bir – biriga to„g„ri kelishini va ularning ko„p martalab
ishlatilishi ta‟minlaydi. O„quv materiali turli xil o„quv kurslariga qo„shilishi va kim, qayerda va
qanday vositalar yordamida yaratilganidan qat‟iy nazar, masofaviy ta‟lim tizimida ishlatilishi
mumkin bo„lgan alohida kichik bloklar sifatida tasvirlangan. SCORM XML standartiga
asoslanadi.
AICC – o„quv materiallari bilan almashinadigan halqaro standartlardan biri. Aviation
Industry CBT (Computer-Based Training) Committee – aviasiya sanoati (kompyuter ta‟limi)
komiteti tomonidan ishlab chiqilgan.
Paket – bu AICC yoki SCORM ni qo„llaydigan kurs fayllaridan iborat zip (yoki pif)
kengaytmali alohida fayl.
Do'stlaringiz bilan baham: |