Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari. Reja
Download 1.58 Mb.
|
Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Wiki (Wiki).
Ma‟lumotlar bazasi. “Ma‟lumotlar bazasi” elementini quyidagi hollarda ishlatish
mumkin: Birgalikda aniq mavzuga tegishli maqolalar, kitoblar, giperhavolalar, kutubxona havolalarini yig„ish; Kursning qatnashchilarini o„zaro tanishtirishda talabalar bir – birining ishini izohlashi va xulosa berishi uchun ular tomonidan yaratilgan suratlar, plakatlar, saytlar, mavzularni qo„yish; Kurs qatnashchilarining tuzatishlari va ularning bergan ovozlari orqali ish uchun yaxshi deb topilgan variantlarning oxirgi ro„yxatini tuzish; Talabalarga faylllarni saqlash uchun imkoniyat berish. Maydon – aniq axborotlarni saqlash uchun ma‟lumotlar bazasi strukturasining elementidir. Ma‟lumotlar bazasidagi har bir yozuv turli tipdagi maydonlarga ega bo„lishi mumkin. Glossariy. Glossariy – bu kursda ishlatiladigan terminlar va tushunchalar lug„atidir. Glossariy funksional ravishda talabalar va o„qituvchilar uchun quyidagi imkoniyatlarni beradi: Lug„atda terminlar kategoriyalar bo„yicha guruhlanadi; Talaba lug„at yozuviga izoh qo„shishi mumkin; Izohlar o„qituvchi tomonidan baholanadi; Lug„atlar XML orqali oson eksport va import qilinishi mumkin; Lug„atlar izoh moduliga ega bo„lishi mumkin. Forum. Forumlar – bu kursni o„rganish davomida kurs qatnashchilarining (talabalar va o„qituvchilar) muloqot vositasi. Forum talabalarga savollar berish va boshqa talabalarning savollariga javoblar berish imkoniyatini beradi. Bu kurs o„rganish jarayonida tortishuv olib borishga ruxsat beradi. Siz savol berishingiz mumkin, talabalar esa unga faqat javob berishi mumkin. Agar talabalarga boshqa talabalarning javoblarini ko„rishga ruxsat berilgan bo„lsa, u holda ular boshqa talabalar qo„yilgan masalani qanday yechayotganligini ko„rishlari mumkin bo„ladi. Seminar. Seminar – bu shunday dars ko„rinishiki, unda talabalar nafaqat o„zining ishini bajaradi, balki boshqa talabalarning ishini baholashadi. Yakuniy baho nafaqat mustaqil ishlarning sifatiga, balki talabalarning taqrizchilar sifatidagi ishiga ham qo„yiladi. Chat. “Chat” elementi kurs qatnashchilariga Internet orqali real vaqt davomida birgalikda muloqot olib borishga ruxsat beradi. Chatlarni talabalarni o„qituvchi bilan onlayn muloqotlar o„tkazish uchun ishlatish mumkin. Har bir qatnashchisi o„ziga qulay vaqtda xabarlarni yuborishi va o„qishi mumkin bo„lgan forumlardan farqli ravishda chatning barcha qatnashchilari o„zlarining kompyuterlarining yoniga bir vaqtda yig„iladilar, shuning uchun har bir xabarga javob vaqti soat yoki kun bilan emas, balki sekund bilan o„lchanadi. Wiki (Wiki). Wiki – bu birgalikda yaratiladigan sahifalar to„plami. "Wiki wiki" gavay tilida “juda tez” ma‟nosini beradi. Sahifalarni yaratish va yangilash tezligi – Viki texnologiyasining asosiy aspektlaridan biridir. Wiki bir nechta odamlarga birgalikda ko„rsatmalarning oddiy tili yordamida hujjatlarni yozishga ruxsat beradi. Moodle da ko„pincha bir nechta talabalar bitta hujjat ustida ish olib borganda ishlatiladi. Wiki bitta sahifadan boshlanadi, keyin har bir muallif ixtiyoriy sahifalarga, ular mavjud bo„lmagan hollarda ham, havolani qo„shishi mumkin. Hujjat ustida bir vaqtda ish olib borilganda ko„pincha bosh muharrir bo„lmaydi, natija barcha hujjatga o„zgartirishlar kiritadiganlar tomonidan ta‟minlanadi. Ko„p hollarda o„zgartirishlar kiritishdan oldin material tekshirilmaydi va shuning uchun ko„pgina Vikilar keng jamoatchilikka yoki Viki serveriga kirishga ruxsat berilganlarga ochiq hisoblanadi. Wiki talabalarga hujjat bilan ish olib borgan holda uning tarkibini qo„shishga, kengaytirishga va o„zgartirishga ruxsat beradi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling