Маъруза ва семинар машгулотларни укитиш технологияси


Budjet siyosatining taktikasi va strategiyasi


Download 75.74 Kb.
bet10/11
Sana17.06.2023
Hajmi75.74 Kb.
#1522614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
17 Budjet chegarasi va budjet chizigi

2. Budjet siyosatining taktikasi va strategiyasi
Budjet siyosati o’zining davriyligi va xal kiluvchi vazifalar tavsifiga bog’liq holda budjet strategiyasi va budjet siyosati taktikasi bo’linadi.
Budjet siyosati strategiyasi ijtimoiy va iqtisodiy srategiyani belgilab bergan o’zoq istiqbolga mo’ljallangan va yirik masshtabdagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo’lib, u budjetni rivojlanishining asosiy konsepsiyalarini ishlab chiqish, budjet munosabatlarni tashkil etish tamoyillarini belgilashni ko’zda tutadi. Budjet strategiyasi o’zoq muddatli maqsadlarni tanlash va maqsadli dasturlarni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, ularni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo’nalishlarida mujassamlashtiradi va ko’zda tutadi.
Budjet siyosati taktikasi strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining konkret bosqichida budjet munosabatarni tashkil etish usullari orqali amalga oshiradi.
Budjet siyosatining ustuvor yo’nalishlari:
I bosqich1991-2000 yillar
Mustaqil budjet tizimini shakllantirish – “o’tish davri”:

  • budjet daromadlari va xarajatlarini qayta ko’rib chiqish va tasniflash;

  • budjet defitsitni kamaytirish;

  • kuchli ijtimoiy siyosat – Davlat budjetining muhim yo’nalishi sifatida;

  • budjetlaro munosabatlarni shakllantirish;

  • budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish;

  • budjet tasniflarini halqaro standartlarga maqbullashtirish o’z ichiga oldi.

  • Milliy soliq tizimi va uni huquqiy asoslarini shakllantirish;

  • Soliq tizimini soddalashtirish va uni iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlarini rag’batlatirish tizximini shakllantirish.

2-bosqich. 2001-2010 yillar
Iqtisodiyotni erkinlashtirish shart sharoitlariga muvofiq davlat moliyasini isloh qilish va uning huquqiy asoslarini yaratish:

  • “Budjet tizimi to’g’risida”gi Qonunni amalga kiritilishi;

  • Budjet tasnifi va budjetdan moliyalashtirish tizimini soddalashtirish;

  • Davlat budjeti xarajatlarini manzilli va maqsadli yo’nalishini ta’minlash;

  • Budjet xarajatlarini tarkibiy isloh qilish;

  • Hududlarni dotatsiyadan chiqarish va mahalliy budjetlar moliyaviy imkoniyatlarini barqarorlashtirish;

  • Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish;

  • Davlat budjetini ijrosini G’azna tizimi joriy qilish va uni rivojlantirish;

  • Budjet muassasalarini moliyalashtirishni isloh qilish;

  • Joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining masu’liyatini oshirish bilan ularning moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash;

  • Soliq yukini kamaytirish;

  • Soliq ma’murchiligini takomillashtirish;

  • Soliq tizimining huquqiy asoslarini takomillashtirish;

  • Soliq tizimini soddalashtirish.


Download 75.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling