Mashinalarni ishlab chiqarishda qo`llaniladigan materiallarga qo`yilgan talablar. 1. Zichligi. Kam bo`lishi kerak. Yetarli darajada mustahkamlikni saqlagan holda; 2. Mustahkamlik. Ayniqsaa ishlatish davridagi mustahkamlik; 3. Bikrlik. Uchish apparatlari bikirlik talablariga javob berishi lozim;(aviatsiya) 4. Ximiyaviy turg`unlik. O`z xossalarini (mexanik, ximik, fizik) kuch va harorat ta’sirida, vaqt birligida o`zgarmasdan ushlab turishi kerak; 5. Radioaktiv bardoshlik. Ayniqsa, uchish apparati detallari ishlaydigan sharoitda: yuqori haroratda, kuch ta’siri ostida, nam, yoqilg`i, moylar, gazlar ta’sirida; 6. Issiq va tovush o`tkazmaslik; 7. Nur o`tkazishlik qobiliyati 8. Gidromexanik ko`rish xususiyati va x.k. Shuni aytish kerakki, bu xossalarni olish yoki u-bu tomonga yo`naltirish usullarini o`rganish, yuqorida aytilgandek. “Мaterialshunoslik” o`quv fanining maqsad va vazifalaridan hisoblanadi. Bu usullar qatorida: termik ishlash usullari: termoximik ishlash usullari, termomexanik ishlash usullari, bosim bilan puxtalash, legirlash, detal yuzalarini maxsus plyonka bilan qoplash, magnit vositasida ishlash, nur berish, yangi materiallarni ixtiro qilish, ayniqsa, kelajagi porloq kompozitsion materiallarni va x.k. Materialning zichligi - bu hajm birligidagi massa miqdorining miqdoriy ifodasidir. Standart birlik kubometr uchun kilogrammdir. Zichlik ba'zan kub santimetr uchun grammda ifodalanadi. Zichlik - bu modda yoki ob'ektdagi massa qanchalik ixchamligini ko'rsatadigan o'lchovdir. Mustahkamlik, pishiqlik tor maʼnoda — materiallar (metall, yogʻoch, temir-beton va boshqalar)ning tashqi kuch taʼsirida yemirilishga chidamlilik xususiyati; keng maʼnoda — materiallarning ham yemirilishga, ham shaklini oʻzgartirishga (plastik deformatsiya, yaʼni qaytmas shakl oʻzgarishiga) qarshilik qilish xossasi. Materialning ham tashqi kuch, ham ichki kuch taʼsirida ("oʻz-oʻzidan") yemirilishga chidamliligi pishiqlik yani mustahkamlik deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |