Maruza1: Mashinasozlik materiallarining tarixiy rivajlanishi. Mashinasozlik materiallariga qo’yiladigan talablar. Qora va rangli metallar metallurgiyasi. Cho‘yan ishlab chiqarish. Domna pechi tuzilishi, ishlash protsessi


Bikrlik- Jismning o’lchamli va shaklini o’zgarishiga qarshilik ko’rsatish qobiliyati. Bir o’lcham va shaklni o’zgartirishga moyilmas degani


Download 1.16 Mb.
bet3/4
Sana13.05.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1457627
1   2   3   4
Bog'liq
Maruza1

Bikrlik- Jismning o’lchamli va shaklini o’zgarishiga qarshilik ko’rsatish qobiliyati. Bir o’lcham va shaklni o’zgartirishga moyilmas degani.


Materiallar
Metallar (qora va rangli metallar)
Metalmaslar
Kompazitsion materiallar

Rangli metallurgiya — metallurgiya sanoatining yetakchi tarmogi. Ruda konlarini qazish, rudalarni boyitish, rangli, nodir va qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, ularning qotishmalarini tayyorlash bilan shugʻullanadi. Rangli metallurgiyada prokat, presslangan buyumlar, qattiq qotishmalar, metalli kukunlar, rangli, nodir va qimmatbaho metallarning turli xil tuz hamda birikmalari, shuningdek, kimyoviy oʻgʻitlar, qurilish materiallari kabi yoʻldosh mahsulotlar tayyorlanadi. Rangli metallurgiya mahsulotlari xalq xoʻjaligining hamma sohalarida qoʻllaniladi.

Qora metallurgiya — metallurgiya sanoatining eng muhim sohalaridan biri. Domna, poʻlat eritish, prokat metallurgiyasi, metall buyumlar ishlab chiqarish, ruda xom ashyosini qazib olish, boyitish, maydalash, koks kimyosi ishlab chiqarishi, ferroqotishmalar va oʻtga chidamli materiallar tayyorlash, noruda xom ashyo qazib olish va qora metallarni qayta eritish tarmoqlarini oʻz ichiga oladi. Sovuqlayin yoki qizdirib ishlangan prokat, poʻlat trubalar va metall buyumlar Qora metallurgiya mahsu-lotlarining muhim turlari hisoblanadi. Kishilik jamiyati taraqqiyotida mehnat qurollari va qurol-yarogʻlar juda muhim ahamiyat kasb etgan. Ular, asosan, yogʻoch, suyak, tosh (qarang Tosh davri) va temirdan (qarang Temir davri) tayyorlangan. Qora metallurgiya xalq xoʻjaligining koʻpgina tarmoqlarini rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Kimyo sanoati, rangli metallurgiya, qurilish materiallari sanoati mahsulotlari bilan birga qora metallar mashinasozlik va qurilishda asosiy konstruksion material hisoblanadi. Oʻzbekistonda yetakchi mashinasozlik tarmoqlari ishlatadigan konstruksion materiallarning umumiy hajmida qora metallar asosiy oʻrinni egallaydi

. Qora metallarga, asosan, temir va uning qotishmalari kiradi. Temir qotishmalaridan eng muhimlarini hozirgi zamon mashinasozligining asosi bo`lgan po`lat bilan cho`yan tashkil etadi. Po`latda uglerod miqdori 2,14% gacha bo`ladi. Cho`yanda uglerod miqdori 2,14% dan yuqori.


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling