Ma’ruza№12. Аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh usullаri. Juft qutblаr, tоk chаstоtаsini vа sirpаnishini o’zgаrtirib аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh


Аsinxrоn mаshinаlаrni pаsаytirilgаn kuchlаnishdа ishgа tuchirish


Download 1.49 Mb.
bet15/22
Sana28.12.2022
Hajmi1.49 Mb.
#1023713
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
Аsinxrоn mоtоrlаrning аylаnish tezligini tаrmоq chаstоtаsini o

2.Аsinxrоn mаshinаlаrni pаsаytirilgаn kuchlаnishdа ishgа tuchirish

Bunday usul bilan quvvati katta bo‘lgan qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlar ishga tushiriladi. Tarmoq kuchlanishini pasaytirish usullari quyidagidan iborat:


a) stator chulg‘amini yulduz usulida uchburchak usuliga o‘tkazish yo‘li bilan ishga tushirish. Asinxron motorni bunda stator chulg‘ami fazalariga berilayotgan kuchlanish marta kamayadi, xuddi shuning­dek faza toklari ham marta kamayadi. Liniya toklari esa 3 marta kamayadi. Stator chulg‘amlarining ulanish sxemasini o‘zgartirish 3 fazali kontaktor yoki ulagich yordamida amalga oshiriladi (2,a-rasm).
b) asinxron motorni reaktor yordamida ishga tushirish. Bunday usul bilan ishga tushirishda (2,b-rasm) reaktiv qarshiliklarda ishga tushirish tokiga to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladigan kuchlanish pasayishi U vujudga kelib, stator chulg‘amlariga pasaygan kuchlanish Upas beriladi. Bu kuchlanishning qiymati quyidagicha topiladi:
U1r a = U1 – j I1xr, (2)
Bunda xr – ishga tushirish reaktiv qarshiligi.
Bu kuchlanish ta’sirida motorning rotori aylana boshlaydi. Motor­ning aylanish chastotasi oshib borgan sari rotor chulg’amida hosil bo‘la­di­gan EYK E2s kamayib boradi, natijada ishga tushirish toki ham kamaya­di.

2-rasm. Tarmoq kuchlanishini pasaytirib ishga tushirish sxemalari: stator chulgamini yulduz ulanish sxemadan uchburchak ulanishs xemaga o‘tkazish yo‘li bilan ishga tushirish (a); stator chulamiga reaktor R (reaktiv qarshilik) ulab (b) yoki AT – avtotransformator yordamida kuchlanishni pasaytirib (s) ishga tushirish sxemalari (bularda:QUqayta ulagich; Q1, Q2 va Q3 – ishga tushirish kontaktorlari)
Stator chulg‘amlari bilan ketma-ket ulangan qarshiliklarda kuchla­nish pasayishi U kamayadi va motorning aylanish chastotasi oshgan sari unga berilayotgan kuchlanish U1 avtomatik ravishda ko‘payib boradi. So‘ngra Q2 ulagich ulanadi va motorga tarmoq kuchlanishi U1 beriladi, bunda motor nominal kuchlanish bilan ishlaydi.
v) asinxron motorni avtotransformator yordamida ishga tushirish Q3 (2,b-rasm). Dastlab Q3 ulagichning ulangan holatida Q1 ulagich Q1 qo‘shiladi. Bunda motorning stator chulg‘amiga avtotransformator­dan pasaytirilgan kuchlanish (U1pas) beriladi.
Bunda motorning dastlabki Mi.t moment quyidagicha topiladi:
. (3)
Ishga tushirish toki kamayadi va u quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi
. (4)
Rotorning aylanish chastotasi oshgandan keyin Q3 ulagich uziladi Q3, Q1 va Q2 ulagich ulanadi. Shu tariqa stator chulg‘amiga tarmoqning to‘la kuchlanishi beriladi. Demak, avtotransformator yordamida tarmoq­ning kuchlanishi (0,550,73)U1N gacha pasaytirilar ekan. Tarmoq kuch­la­nishini pasaytirib asinxron motorlarini ishga tushirishning yuqorida ko‘rib o‘tilgan usullarida ishga tushirish toki va momentining kichikligi ularning kamchiligidir.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling