Ma’ruza№12. Аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh usullаri. Juft qutblаr, tоk chаstоtаsini vа sirpаnishini o’zgаrtirib аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh


Faza rotorli asinxron motorlarni ishga tushirish


Download 1.49 Mb.
bet16/22
Sana28.12.2022
Hajmi1.49 Mb.
#1023713
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
Аsinxrоn mоtоrlаrning аylаnish tezligini tаrmоq chаstоtаsini o

3.Faza rotorli asinxron motorlarni ishga tushirish.
Faza rotorli asinxron motorlar maxsus uch fazali ishga tushirish reostati yordamida ishga tushiriladi. Ishga tushirish toki quyidagi formula bilan aniqlanadi:
. (5)
Ishga tushirish reostati rotor chulg‘amiga ketma-ket ulanadi (3-rasm). Uning yordamida rotor chulg‘amining aktiv qarshiligi oshirilib, ishga tushirish toki kamaytiriladi, moment esa oshiriladi. Dastlab motor 1-xarakteristika bo‘yicha ishga tushiriladi. Bu holda ishga tushirish reostatining qarshiligi ri.tr1r2r3 bo‘lib, aylantiruvchi moment maksimal momentga teng bo‘ladi (MMmax). Motorning aylanish chastotasi oshib borgan sari aylantiruvchi moment M ham kamaya boradi va Mi.t.min momentdan kichik (Mi.t.min) bo‘ladi. M=Mi.t.min bo’lganda ishga tushirish reostatining bir qismi (1) sxemadan chiqariladi. Bunda aylantiruvchi moment birdaniga Mi.t.max qiymatga erishadi, so’ngra aylanish chastotasining oshishi bilan 2-xarakteristika bo’yicha o‘zgaradi. Bu holda ishga tushirish reostati­ning qarshiligi r i.t.2 r2 r3 bo‘ladi.



3.-rasm.Faza rotorli asinxron motorni ishga tushirish sxemasi (a) va ishga tushirish moment grafigini qurish (b); I.T.R – ishga tushirish reostati. (Izoh: chulg’am uchlari yangi standart bo’yicha belgilangan)

Aylantiruvchi moment Mi.t.min gacha kamayib boradi, shu vaqtda r2 qarshilikni uzadilar, bunda motor 2-xarakteristika bo’yicha ishlaydi. Bunda ishga tushirish reostatining qarshiligi ri.t.1r3 bo‘ladi. Ishga tushirish-ning oxirida ishga tushirish reostati sxemadan butunlay chiqariladi va shu bilan rotorning chulg’amlari qisqa tutashtiriladi. Bu holda motor tabiiy xarakteristika (4) bo’yicha ishlaydi (3,b-rasm).


Faza rotorli motorlarni ishga tushirish va ular tuzilishining murak­kab­ligi, qimmatligi va boshqalar bunday motorlarning kamchiligi hisob­la­nadi. Shu sababli faza rotorli motorlar asosan ishga tushirish sharoiti og’ir bo’lgan mexanizmlarda qo‘llaniladi.



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling