Ma’ruza№12. Аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh usullаri. Juft qutblаr, tоk chаstоtаsini vа sirpаnishini o’zgаrtirib аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh


Ma’ruza№ 9. Аsinxrоn mоtоrlаrni ishgа tuchirish


Download 1.49 Mb.
bet14/22
Sana28.12.2022
Hajmi1.49 Mb.
#1023713
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Аsinxrоn mоtоrlаrning аylаnish tezligini tаrmоq chаstоtаsini o

Ma’ruza№ 9.
Аsinxrоn mоtоrlаrni ishgа tuchirish.
R E J A:

  1. Аsinxrоn mаshinаlаrni to’g’ridаn to’g’ri ishgа tuchirish

  2. Аsinxrоn mаshinаlаrni pаsаytirilgаn kuchlаnishdа ishgа tuchirish

  3. Fаzа rоtоrli аsinxrоn mоtоrlаrni ishlаtish.

Asinxron motor ishga tushirilganda, quyidagi asosiy talablar bajarilishi lozim:
Motorni ishga tushirish mumkin qadar oson va qo‘shimcha quril­ma­larsiz bajarilishi lozim, ishga tushirish momenti yetarli darajada katta, ishga tushirish toki esa mumkin qadar kichik bo‘lishi lozim.
Uch fazali asinxron motorlarni ishga tushirishda amalda quyidagi usullar qo‘llaniladi. Stator chulg‘amlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulash, stator chulg‘amiga pasaytirilgan kuchlanish berib va rotor chul­g‘a­mi­ga reostatni ulab ishga tushirish (oxirgisi faza rotorli motorlarda).

  1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulab ishga tushirish.

Kichik va o‘rta quvvatli qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlar ana shunday usul bilan ishga tushiriladi. Bunda motorning stator chulg‘ami yetarli darajadagi quvvatga ega bo‘lgan elektr tarmog‘iga magnit ishga tushir­gich yoki oddiy ulagich yordamida qo‘shiladi va uning tezligi tabiiy mexanik xarakteristikasi bo‘yicha o‘sibboradi. Ishga tushirish momenti Mi.t quyidagicha topiladi (ishga tushirish paytida s  1 bo‘ladi):
M i.t = (m1 U12r'2)/{1[(r1 + r2)2 + (x1 + x2)2]}. (1)
Ishga tushirish toki Ii.t ancha katta bo‘lsa ham motor uchun xavfli bo‘lmaydi, chunki ishga tushirish qisqa vaqt ichida kechadi.
Ishga tushirish tokining nominal tokdan 57 marta katta bo‘lishi va ishga tushirish momentining uncha katta bo‘lmasligi bu usulning kamchiligi hisoblanadi.

1-rasm.Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni to‘g’ridan-to‘g’ri tarmoqqa ulab ishga tushirish sxemasi (a) va bunda tok I1 va aylantiruvchi moment M ning o‘zgarish grafiklari (b)
Motorning stator chulg‘amini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulab ishga tushirish yuqoridagi kamchiliklarga ega bo‘lishidan qat’iy nazar, u sodda, arzon va energetic ko‘rsatkichlari (, cos1) kattadir.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling