Ma’ruza№14 mavzu: Olmosni fotometrik va lyuminessentli separatorlarda boyitish Reja


Download 280.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi280.09 Kb.
#1528944
1   2
Bog'liq
N-MA’RUZA№ 14

Lyuminessentli separatsiyalash 
Lyuminessentli separatsiyalash - olmoslarning ko‘rinadigan yorug‘lik, 
ya’ni lyuminessatsiyalanish qobiliyatiga asoslangan ajratish usulidir. Olmos 
lyuminessensiya hodisasi ikkita jarayondan iborat: 
1) qo‘zg‘atilgan energiyaning yutilishi; 
2) yutilgan energiyaning nurlanishi.
Olmosning 
lyuminessensiyasi 
ultrabinafsha, 
rentgen 
va 
gamma 
nurlanishining yutilishi, shuningdek, yuqori energiyali zarralar (katod nurlari, betta 
va alfa zarralari) tomonidan bombardimon qilinishi bilan ta’sirlanadi. Olmosni olish 
uchun rentgen nurlari va radiolyuminesans amaliy qo‘llanilishi imkonini bergan. 
Lyuminessinsiya lotin tilidan olingab bo‘lib “lumen” - yorugʻlik, “esccnt” - 
kuchsiz, sust taʼsirni ifodalovchi qoʻshimcha, baʼzi moddalariing muayyan 
temperaturada ularning issiqlik nurlanishiga nisbatan kuchliroq boʻlgan, yorugʻlik 
tebranishlari davridan ko‘proq vaqt davom etadigan (doimiy issiklik nurlanishidan 
farqli) nurlanishdir. Issiqlik nurlanishi juda past temperaturalarda (uy temperaturasi)
ham tezda hosil boʻlishi mumkin. Shu sababli uni, odatda, “sovuq” nurlanish deb 
ham yuritiladi. Bu nurlanish yorugʻlik, radioaktiv nurlanishlar, rentgen nurlanish, 
elektr maydon uygʻotadigan, shuningdek, kimyoviy jarayonlar va mexanik taʼsirlar 
natijasida hosil boʻladi. Lyuminessinsiya nurlanish spektri koʻzga koʻrinadigan 
nurlanish, infraqizil va ultrabinafsha nurlanishning yaqin diapazonlarida mavjud 
boʻladi. 
Olmoslarning 
yuqori 
darajada 
tovlanishining 
sababi 
hali 
aniq 
o‘rganilmagan. Umuman olganda olmosning tovlanishi kristal panjarasiga bog‘liq. 
Rentgen nurlanishining rangi va intensivligi olmosdan olmosgacha farq 
qiladi. Rangi ko‘k va sariqdan pushti ranggacha o‘zgaradi. Olmos kristallari 
hajmining oshishi bilan porlashning intensivligi oshadi, ammo bu naqshga 


bo‘ysunmaydigan olmoslar mavjud. Kichik, tasodifiy yo‘naltirilgan kristallardan 
tashkil topgan qora, noaniq olmoslar (ballas, karbonado) lyuminessatsiya qilmaydi. 
Lyuminessentli separatsiyalashning eng oddiy shaklda, rentgen nurlarida 
tovlanadigan olmosni vizual aniqlash va kristallarini qo‘lda olib tashlash bilan 
uskunalarda amalga oshiriladi. 
Avtomatik ishlaydigan rentgen-lyuminessent separatorlarda konveyerdan 
olmoslarni vizual aniqlash va qo‘lda olib tashlash o‘rniga, lyuminessent yorug‘lik 
impulsini elektr impulsiga aylantiruvchi fotoko‘paytirgich va qabul qilgichga 
tovlanuvchan olmos kristallarni qabul qiladigan yacheyka ishlatiladi. 
Lyuminessent separatorning ishlashi olmosni ionlashtiruvchi nurlanish 
manbasi bilan qo‘zg‘atilganda selektiv lyuminessensiyadan foydalanishga 
asoslangan. Yorug‘likning tovlanishi fotoko‘paytirgich tomonidan kuchaytiriladi va 
elektr impulsi olmos va qabul qiluvchi yacheykaga ajratadigan mexanik qurilmani 
ishga tushiradi. 
Olmoslar bilan birga ba’zi yo‘ldosh minerallar ham lyuminessatsiyalanadi 
(sirkon, sheelit, kalsit navlari va boshqalar). Shuning uchun separatordagi yorug‘lik 
miltillashlari soni odatda materialdagi olmos kristallari miqdoridan kattaroqdir. Shu 
sababdan konsentratning unumdorligi oshadi. Ko‘p miqdordagi boshqa 
lyuminessent minerallar bo‘lsa, olmosni olishning bu usuli yaroqsiz bo‘ladi. 
«Алмазы России – Саха» OAJning boyitish fabrikasining rentgen-
lyuminessent boyitishda mahsulot tannarxining 90% ga teng bo‘lgan miqdorda 
olmos boyitib olinadi. 
Rossiyada ishlab chiqarilgan rentgen separatorlarini qo‘llash samaradorligi 
+5 mm o‘lchamdagi texnologiyaning qulayligi rudani boyitishning arzonligi
olmosni olishning yuqori ko‘rsatkichlari, rudani kamaytirish va texnologik jarayonni 
avtomatlashtirish darajasi, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish bilan 
belgilanadi. RL separatorlari yordamida boyitishning texnologik sxemasi 3.1-
rasmda ko‘rsatilgan. 


1-rasm. RL separatorlari yordamida boyitishning taxminiy texnologik sxemasi 


Yer sharining shimolidagi konlar rudasining o‘ziga xosligi muzlatilgan 
rudalarni boyitishdan oldin isitish zarurati bo‘lib, u o‘zida-o‘zini maydalaydigan 
maydalagichlarda amalga oshiriladi. Rudani tayyorlash jarayoni har xil o‘lchamdagi 
nam ruda oqimlarining shakllanishi bilan yakunlanadi. Zarracha kattaligi +5 mm 
bo‘lgan rudadan olmoslarni olish faqat RL-separatorlar yordamida amalga 
oshiriladi. Zarracha kattaligi -5 mm bo‘lgan rudadan olmoslarni olishda RL-
separatorlar dastlabki va yakuniy qayta ishlash bosqichlarida, tozalash va nazorat 
qilish operatsiyalarida qo‘llaniladi. 
Jarayonlardagi xarajatlarni kamaytirish va mahsulot sifatini yaxshilash 
maqsadida ЛС-separatorlarida olmosni boyitishni yanada rivojlantirish va 
takomillashtirishning maqsadga muvofiqdir. Natijada ЛС separatorini amaliyotda 
samarali qo‘llash orqali unumdorlikni oshirish, selektivlik, ishonchlilik va barqaror 
boyitiluvchanlikni ta’minlaydi. 
Yakutalmaz ishlab chiqarish birlashmasida -50 + 20 mm o‘lchamdagi nam 
rudani boyituvchi LS-20-05 separatorini boshqarish uchun o‘lchami 20 mm bo‘lgan 
rentgen nurlanishining turli intensivligidagi simulyatorlar to‘plami ishlab chiqarildi. 
Optik assimilyatsiya rejimidan foydalanish katta olmoslarni ajratishning 
selektivligini va separatorning sezgirligini oshirdadi, boyitmaning rentabelligini 
maqbul chegaralarda ushlab turdi, ya’ni, ishlov berish sexining keyingi bosqichlarini 
ishini yengillashtiradi. 
So‘nggi 20 yil ichida “Yakutolmos” da «Буревестник» tomonidan rentgen 
nurlari asosida yaratilgan 600 dan ortiq qurilmalar ishlatilgan va ularning katta qismi 
Rossiyadan tashqarida sotilgan. 
Sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan barcha turdagi rentgen-lyuminessent 
separatorlar “Yakutolmos” da qo‘llaniladi (3.2-jadval). 
Birlamchi boyitish uchun ЛC-50-02, ЛС-20-03, ЛС-4-02, separatorlari, 
ikkilamchi boyitish uchun – ЛС-20-04, ЛС-Д-4, РМДС-1, yakuniy boyitish uchun 
– ЛС-СД-50, ЛС-ОД-4, ЛС-ОД-2 ishlatiladi. 
Birlamchi separatorlar dastlabki maydalangan -50 + 2 mm li rudani boyitish 
uchun ishlatiladi, mos ravishda ЛС-50-02 sinflarni boyitish uchun -50 + 20 mm, -20 
+ 10 mm, ЛС-20-03 sinflarda ishlashi mumkin - 20+ 8 mm, -8+4 mm. -8+4 mm 
sinfdagi ishlash -20+8 mm sinfga nisbatan ikki baravar past. 


3.2-jadval 
Rossiya RL separatorlarining turlari, ularning asosiy va texnologik ko‘rsatkichlari 
Separatorlarning 
xususiyatlari 
ЛС-50-02 ЛС-20-03 ЛС-20-04 ЛС-20-05* 
ЛС-ОД-
50 
ЛС-ОД-4 
ЛС-ОД-4-03* 
ЛС-Д-4-02 ЛС-Д-4-03* 
Ishlab chiqarish yili 
1984 
1984 
1985 
1994 
1985 
1992–1995 
1992 
1995 
Boyitish bosqichlari 
bo'yicha qo'llanilishi 


I, II 

II, III 
III 
II 
II 
Rudaning namligi, % 
15–50 
15–50 
15–50 
15–50 
15–20 
20–50 
Сухая 
15–40 
15–40 
Ruda hajmi, mm 
20–50 
10–20 
5–10 
10–20 
5–10 
20–50 
10–20 
5–10 
10–20
5–10 
02–5
1–2 
2–5 
2–5 
Turli o‘lchamlar uchun 
mahsuldorlik, t/s 
До 100 
50 
20 
35 
10 
150 
70 
30 


0,2 
0,3 
0,05 


Ajralishi, %
99 
96–98 
98 
96–98 
98–99 
96–99 
85–93 
93–96 
Boyitish darajasi
2 000 
250–1 
000 
200–500 
250–2 000 
– 
– 
35–50 
70–120 
Ajratish chegarasi,
Вт-ср
-1
(р/с)
-1
.10
-11
5,0–8,0 
1,5–2,0 
1,5–2,0 
1,5–2,0 
1,0 
0,15–0,4 
0,5–1,0 
0,5–1,0 
*
RL-separatorlari ommaviy ishlab chiqarish uchun rejalashtirilgan 

Download 280.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling