Ma’ruza№8. Аsinхrоn mаshinаlаrning tuzilishi vа ishlаsh tаrzi. Qisqа tutаsh vа fаzа rоtоrli аsinхrоn mаshinаlаr. R e j a
Download 270.86 Kb.
|
Маъруза 4 Асинхрон машина. Документ Microsoft Office Word (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Asinxron mashinaning elektromagnit momenti.
3.Аsinхrоn mоtоrdа quvvаt isrоfi.
Asinxron mashina motor rejimida ishlayotganda (1-rasm) u tarmoqdan elektr energiyani oladi va uni mexanik energiyaga aylantirib beradi. Bu jarayonda motorda energiya isroflari bo‘ladi. Asinxron motor tarmoqdan (1) aktiv quvvatni oladi. Bu quvvatning bir qismi stator chulg‘amidagi elektr isroflari P'е1ni va stator po‘lat o‘zagidagi magnit isroflari P'т1 ni qoplashga sarf bo‘ladi: . (2) Aylanma magnit maydon vositasida rotorga elektromagnit quvvat Pem uzatiladi: . (3) Elektromagnit quvvatning bir qismi rotor zanjiridagi elektr isrofi (Pe2)ni qoplash uchun sarflanadi: . (4) Elektromagnit quvvat Pem ning qolgan qismi esa to‘la mexanik quvvat P' 2(твх) ga aylanadi: . (5) Motor ishlaganda podshipniklarning ishqalanishi va aylanuvchi qismlarining havoda ishqalanishi oqibatida ham quvvat isrofi bo‘ladi. Bundan tashqari tarqoq magnit oqimlari, stator va rotor po‘lat o‘zagitishlarida hamda yaxlit po‘lat qismlarida magnit maydonning o‘zgarib turishi natijasida ham qo‘shimcha quvvat isroflari bo‘ladi. Asinxron motorning to‘la mexanik quvvati P2 mexanik isrof P'твхva qo‘shimcha P'qo‘sh isroflarni ayirib, motor orqali ishchi mexanizmga uzatilayotgan foydali quvvat Р2 aniqlanadi. P2 = Pmex – (P'твх + P'qo‘sh). (6) 1-rasm. Asinxron motorning energetik diagrammasi 4. Asinxron mashinaning elektromagnit momenti. Elektromagnit momentni ikki xil yo‘l bilan, ya’ni: a) elektromagnit kuchlar va b) elektromagnit quvvat orqali aniqlash mumkin. Quyida shularni alohida ko‘rib chiqamiz. Elektromagnit momentni elektromagnit kuchlar orqali aniqlash.Asinxron mashinaning elektromagnit momenti rotor chulg‘ami o‘tkazgichlaridan o‘tadigan tok aktiv tashkil etuvchisi (I2cos2) ning stator chulg‘ami hosil qilgan aylanma maydon, ya’ni magnit oqim Fmax bilan ta’sirlashib Amper qonuniga asosan elektromagnit kuch Fem=Bli vujudga keladi (2-rasm). Bu kuch hosil qilgan elektromagnit moment quyidagicha aniqlanadi: M = CM FmaxI2 cos2, (7) bunda: CM = rm2kch.2 / – o‘zgarmas kattalik; Fmax – magnit oqimning maksimal qiymati. (7) formula faqatgina asinxron mashinalar uchungina to‘g‘ri bo‘lib qolmay, balki elektr mashinalarining barcha turlari uchun ham to‘g‘ridir. Bu formula moment qiymatining motorda sodir bo‘ladigan fizik hodisalar orasidagi bog‘lanishni o‘rnatadi. Undan motorning har xil rejimlardagi ish jarayonini sifat jihatdan tahlil qilishda foydalanish qulay hisoblanadi. Lekin bu formulaga kirgan (Fmax, I2va cos2) kattaliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoq kuchlanishi va mashinaning ish rejimi bilan bog‘lanmagan, ularni tajribada aniqlash esa ancha murakkabdir. Shu sababli quyida elektromagnit (aylantiruvchi) momentning qiymatini eng oddiy aniqlash, unga mashinaning har xil parametrlari va ekspluatatsion rejimlarining ta’sirini hisobga olish imkonini beradigan boshqa formulasi keltirib chiqarilgan. 2-rasm. Mashinahavooralig’iningmagnitinduksiyasi (B), rotorchulg’amitoki (i) vaasinxronmashinachulamlario‘tkazgichlarigata'sirqiladiganelektromagnitkuch (Fem) larningtaqsimlanishegrichiziqlari Download 270.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling