Ma’ruza№8. Аsinхrоn mаshinаlаrning tuzilishi vа ishlаsh tаrzi. Qisqа tutаsh vа fаzа rоtоrli аsinхrоn mаshinаlаr. R e j a


Download 270.86 Kb.
bet1/4
Sana05.04.2023
Hajmi270.86 Kb.
#1274851
  1   2   3   4
Bog'liq
Маъруза 4 Асинхрон машина. Документ Microsoft Office Word (1)


Ma’ruza№8.
Аsinхrоn mаshinаlаrning tuzilishi vа ishlаsh tаrzi. Qisqа tutаsh vа fаzа rоtоrli аsinхrоn mаshinаlаr.
R E J A:
1. Аsinхrоn mаshinаlаrning tuzilishi
2.Аsinхrоn mаshinаlаrning ishlаsh tаrzi
3.Аsinхrоn mоtоrdа quvvаt isrоfi.
4.Аsinхrоn mоtоrning elеktrоmаgnit mоmеnti.
1. Asinxronmashinaningtuzilishi
Asinxron motorning rotori stator ichiga o‘rnatiladi. Rotor – o‘q, po‘lat o‘zak va uning pazlariga joylashtirilgan qisqa tutashgan chulg‘am yoki uchta fazaviy chulg‘amdan iborat. Stator – qobiq, po‘lat o‘zak va uning pazlarida joylashgan bir, ikki yoki uch fazali chulg‘amdan iborat. Stator va rotorlarning po‘lat o‘zaklari maxsus elektrotexnik po‘latdan tayyorlangan yupqa tunukalardan yig‘iladi.
Asinxron motorlar rotorining tuzilishiga qarab ikki xil bo‘ladi:
1) qisqa tutashgan rotorli asinxron motor (rotor chulg‘ami qisqa tutashgan) (2-rasm);
2 ) fazarotorliasinxron motor (rotor chulg‘amiuchfazali) (1-rasm).

1-rasm.Fazarotorli asinxron motorning qismlargaajralganholdako‘rinishi: 1 – kontakt halqalari va cho‘tkalar joylashgan tomondagi qopqoq; 2 – cho‘tka tutqich va cho‘tkalar; 3 – kontakt halqalar; 4 – podshipnik; 5 – rotorning po‘lat o‘zagi (uning pazlarida uch fazali chulg‘am); 6 – statorchulg‘ami; 7 – korpus; 8 – podshipnikqalqoni; 9 – o‘qningmexanizmgaulanadigantomonidagipodshipnikqalqoniqopqog‘i; 10 – statorchulg‘amichiqishuchlarijamlanganquticha.

Qisqa tutashgan rotorli asinxron motor – rotorining po‘lat o‘zagi pazlariga eritilgan alyuminiy quyilib chulg‘am o‘tkazgichlari (sterjen­lar) hosil qilinadi va ularning pazlardan tashqari uchlari ikki tomondan quyma alyuminiyhalqalarorqaliqisqatutashganbo‘ladi. Natijada, yaxlit "olmaxonkatagi" ko‘rinishidagiqisqatutashganchulg‘amhosilqilinadi (2, a-rasm).
Fazarotorliasinxronmotori ham o‘q, o‘qgao‘rnatilganpo‘lato‘zak, uningpazlarigabir-biriganisbatan 1200gasiljiganuchfazalichulg‘amjoylashtiriladichulg‘amlariyulduzusulidaulanganbo‘ladivaularninguchlariesao‘qningbirtomonidao‘rnatilganuchtamisyokijez (misvaruxaralashmasi) halqalargaulanadi.

2-rasm. Chulg’ami qisqa tutashgan rotorning konstruksiyalari: a - "olmaxon katagi" sterjenlari; b - quyma alyuminiy chulg’amli; s - odatdagi katakli; d - qo‘sh katakli; e - chuqur katakli

2. Аsinхrоn mаshinаlаrning ishlаsh tаrzi


Uch fazali asinxron motorning stator chulg‘amiga uch fazali tok berilganda vujudga kelgan magnit yurituvchi kuch (MYK) statorda aylanish chastotasi n1= 60 f /p bo‘lgan aylanma magnit maydonni hosil qiladi. Bu maydon kuch chiziqlari stator chulg‘ami o‘ramlarini va rotorning qisqa tutashgan chulg‘am sterjenlarini yoki uch fazali chulg‘ami o‘ramlarini kesib o‘tib, ularda EYK lar hosil qiladi. Agar rotor chulg‘ami qisqa tutashgan bo‘lsa, undagi EYK ta’sirida qisqa tutashgan rotor chulg‘amlari o‘tkazgichlaridan tok o‘tib, bu tokning stator hosil qilgan aylanma magnit maydoni bilan o‘zaro ta’siri natijasida rotor chulg‘ami o‘ramlariga elektromagnit kuch ta’sir qiladi. Bu kuch hosil qilgan aylantiruvchi (elektromagnit) moment tormozlov­chi momentdan katta bo‘lsa, rotorni aylanma magnit maydon yo‘nalishi­da aylantiradi.
Aylanma magnit maydonning aylanish chastotasi n1 bilan rotor­ning aylanish chastotasi n orasidagi nisbiy farqqa sirpanish (s) deyiladi va u quyidagicha aniqlanadi (n.b. – nisbiy birlik):
a) ; b) (1)

Download 270.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling