Ma’ruzachi: Raxmatov Uchkun Ergashevich Biologiya kafedrasi dotsenti v/b, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)


Download 1.33 Mb.
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1508538
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 -5 -ma\'ruzalar 6-semestr

Yetishtirish sharoitlari, yangi ekologik zonalardagi maydonlarning o‘zlashtirilishi, agrotexnologiyalar takomillashuvi navlarning doimiy yangilanishini talab etadi. Har bir nav, zot yoki shtamm ulardan ma’lum turdagi mahsulotni olish uchun yaratiladi(go’sht, sut, tuxum, hosildor g’o’za navlari, antibiotiklar va boshqalar). Nav qiymati uning hosildorligi, oziqa xususiyatlari, sanoatbop xomashyo sifati, o‘g‘itlanishga ta’sirchanligi va hokazo xususiyatlari bilan belgilanadi. Zot qiymati undan olingan mahsulotning sifati va miqdori bilan belgilanadi. Masalan, qoramol zotlari sut sog‘imi miqdori, sutdagi yog‘ va oqsil foizi, tirik vazni va boshqa xususiyatlar bilan xarakterlanadi.

Mikroorganizmlar shtammlari ham u yoki bu vitaminlar, aminokislotalar mahsulotining ma’lum darajasiga, oziqa muhit tarkibiga, haroratga bo‘lgan aniq talablarga ega.

Hozirgi vaqtga kelib, seleksiya katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Masalan, golshtinofriz zotli sigirdan 365 kun laktatsiya davomida o‘rtacha yog‘liligi 5,1% bo‘lgan 16702 kg sut sog‘ib olingan, V. S. Pustovoyt yaratgan kungaboqar navlarida urug‘ining moyliligi 50% ga yetgan.

Hozirgi vaqtga kelib, seleksiya katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Masalan, golshtinofriz zotli sigirdan 365 kun laktatsiya davomida o‘rtacha yog‘liligi 5,1% bo‘lgan 16702 kg sut sog‘ib olingan, V. S. Pustovoyt yaratgan kungaboqar navlarida urug‘ining moyliligi 50% ga yetgan.

Shunday qilib, seleksiya - mustaqil fan bo‘lib, uning asosiy vazifasi sifatli va sermahsul nav, zot va shtammlarni yaratishdir. Genetika seleksiyaning nazariy asosi bo‘lib, seleksiya uchun muhim bo‘lgan irsiy o‘zgaruvchanlik, duragaylash tizimlari va tanlov metodlari muammolarini tadqiq qiladi, seleksiyaning samaradorligini oshirish metodlarini yaratadi.

Boshlang‘ich materialning o‘zgaruvchanligi o‘simliklaming yangi navlari, hayvonlarning zotlari va mikroorganizmlarning shtammlarini yaratishning asosi hisoblanadi. Bunda kombinativ va mutatsion o‘zgaruvchanliklar, shu jumladan, poliploidiya ham muhim ahamiyatga ega.


Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling