Ma’ruzachi: Raxmatov Uchkun Ergashevich Biologiya kafedrasi dotsenti v/b, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)


Seleksiyada mutatsion o'zgaruvchanlikdan foydalanish


Download 1.33 Mb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1508538
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 -5 -ma\'ruzalar 6-semestr

3. Seleksiyada mutatsion o'zgaruvchanlikdan foydalanish

Irsiy o‘zgaruvchanlikning birlamchi manbayi mutatsion jarayondir. Har bir nav yoki zotda spontan (tabiiy) mutatsiyalar paydo bo’ladi. Tabiatda mutatsiyalarga tabiiy tanlanish ta’sir etadi. Sun’iy tanlashda mutatsiyalardan seleksioner olimlardan foydalanadi.

Madaniy nav va zotlar o‘zining irsiy xususiyatlari bilan yovvoyi ajdodlaridan farq qiladi, yovvoyi ajdodlar eng yaxshi sharoitlarda ham o‘zining madaniy turdosh formalarining mahsuldorligini yoki uning sifatini ko‘rsata olmaydi. Uzoq davr mobaynida tabiiy mutatsiyalami sun’iy tanlash va ularning kombinatsiyalarini chatishtirish yo’li bilan olingan yangi genotiplarni tegishli sharoitlarda o‘stirish va parvarish natijasida odamzod o‘simlik va hayvonlaming yangi formalarini yaratdi.


Mutatsiyalarni eksperimental yo’l bilan olish seleksiyada boshlang‘ich materialni yaratishda juda katta imkoniyatlarga egadir. Bu borada N. I. Vavilovning irsiy o‘zgaruvchanlikda gomologik qatorlar qonuni muhim ahamiyatga ega. Tajribada olingan mutatsiyalar tabiatda bor bo’lgan formalar belgilari bilan genetik o‘xshashligi ko‘pincha qayd etiladi. Shuning uchun gomologik o‘zgamvchanlik qonuniyatlarini bilish seleksioner olimlarga kerakli bo’lgan formalarni topish yoki yaratishda katta yordam beradi.
Tabiiy mutatsiyalar. Lyupin (Lupinus) o‘simligining barcha turla­rining urug’lari zaharli alkaloidli bo’lib, ildizlari esa azotni fiksatsiya qiluvchi bakteriyalarni tashuvchi hisoblanadi. Shu sababli chorvachilikda xashak sifatida ishlatilmasdan, o‘g‘it sifatida foydalanilgan.
Dukkakdoshlarning boshqa turlarida urug‘i alkaloidsiz bo’lgan formalar mavjud va irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuniga asosan alkaloidsiz urug’i lyupin mutatsiyasi bu o‘simlikda ham bo’lishi mumkinligi taxmin qilingan edi. Nemis olimi Zengbush 2,5 million lyupin o‘simliklarini tahlildan o‘tkazib, urug’ida alkaloid moddasi kam miqdorda bo’lgan beshta o‘simlikni ajratgan. Lekin bu o‘simliklarning dukkaklaridan urug’i tez sochilib to‘kilar edi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling