Ma’ruzachi: Raxmatov Uchkun Ergashevich Biologiya kafedrasi dotsenti v/b, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)


Download 1.33 Mb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1508538
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 -5 -ma\'ruzalar 6-semestr

Ma’ruzachi: Raxmatov Uchkun Ergashevich

MAVZU: NAV, ZOT VA SHTAMMLAR(01.03.)

TANLASH UCHUN O‘ZGARUVCHANLIK MANBALARI(15.03.)

1. Nav, zot va shtammlar 2. Seleksiyada kombinativ o'zgaruvchanlIkdan foydalanish 3. Seleksiyada mutatsion o'zgaruvchanlikdan foydalanish 4. Seleksiyada poliploidiyadan foydalanish

  • REJA:

1. Nav, zot va shtammlar

Seleksiya jarayonining mahsuli - yangi o‘simlik navlari, hayvon zotlari va mikroorganizinlar shtammlaridir. Ularni quyidagicha ta’riflash mumkin. Nav, zot va shtammlar inson tomonidan yaratilgan, chiqib kelishi, asosiy morfologik, biologik va inson uchun ahamiyatli irsiy belgilari bilan o‘zaro o‘xshash organizmlar yig‘indisi, ya’ni populatsiyasidan iborat.

Nav, zot va shtamm ichidagi hamma organizmlar o‘zaro o‘xshash, irsiy mustahkamlangan xususiyatlarga-mahsuldorlik, fiziologik va morfologik belgi-xususiyatlarning ma’lum majmuasi hamda tashqi muhit omillari ta’siriga bo‘lgan bir xil tipdagi reaksiyaga ega. Masalan, leggorn zotli tovuqlar kam vaznli, lekin ko’p tuxum qo’yadi, ularni oziqlantirish va boqish sharoitlari yaxshilansa, ularning vazni o‘zgarmasdan, tuxum qo’yishi ko’payadi.

Langshan zotli tovuqlar esa katta vaznli, lekin tuxum qo’yishi kam bo‘ladi. Ularni oziqlantirish hajmi ko'payirilsa, ularning vazni ko‘payadi. Lekin sertuxumliligi deyarlik o‘zgarmaydi. Har bir zot o‘ziga xos ekstererga (tashqi ko‘rinish) va tuzilish, kasalliklarga chidamlilik va boshqa xususiyatlarga ega bo‘ladi.

Hayvon yoki o‘simlikning morfologik va fiziologik xususiyatlari ushbu zot yoki navning irsiy belgilaridir, ammo shuni nazarda tutish kerakki, faqat ma’lum agrotexnikada o'stirishda yoki boqishda hamda ma’lum tabiiy sharoitlardagina bu nav, zot yoki shtamm o‘ziga xos bo‘lgan shaklda namoyon bo‘ladi.

Hayvon yoki o‘simlikning morfologik va fiziologik xususiyatlari ushbu zot yoki navning irsiy belgilaridir, ammo shuni nazarda tutish kerakki, faqat ma’lum agrotexnikada o'stirishda yoki boqishda hamda ma’lum tabiiy sharoitlardagina bu nav, zot yoki shtamm o‘ziga xos bo‘lgan shaklda namoyon bo‘ladi.


Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling