Ma’ruzachi: Raxmatov Uchkun Ergashevich Biologiya kafedrasi dotsenti v/b, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)


Download 1.33 Mb.
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1508538
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 -5 -ma\'ruzalar 6-semestr

Lyupin (Lupinus) o‘simligi


Keyinchalik 10 mln. o'simlik orasidan bitta dukkaklari ochilmaydigan o‘simlik topilgan. Uning avlodi ko‘paytirilib, ular orasidan urug’lari alkaloidsiz, dukkaklari o‘z vaqtida ochiladigan formalar topilgan va «shirin lyupin» madaniy o‘simligining 10 dan ortiq navlari yaratilib, ko‘p mamlakatlarda yem-xashak va o‘g’it sifatida keng miqyosda o'stirilmoqda. Ko'pgina madaniy mevali daraxtlarda ham tabiiy mutatsiyalar qayd etilgan va ulardan duragaylashda foydalanib kelingan.
Tabiiy mutatsiyalar gulchilikda ko‘p qayd etilgan. Masalan, Murillo nomli mutant loladan 60 ta yangi mutant olinib, ular nav sifatida keng o‘stirilmoqda. Donli ekinlar orasida makkajo‘xoridagi opaque genli tabiiy mutatsiya ma’lum. Bu mutant lizin moddasiga boy bo’lib , undan yuqori lizinli duragaylarni yaratishda foydalaniladi.
Somatik mutatsiyalar. Vegetativ yo’l bilan ko‘payadigan o’simliklar seleksiyasida somatik mutatsiyalar katta ahamiyatga ega. Agarda ko‘paytirishda mutant to’qimalardan (qalamcha, kurtakcha) foydalanilsa, vegetativ avlodlarda ancha uzoq saqlanishi mumkin. I. V. Michurin Antonovka-mogilevskaya olma navida yirik mevali oqish rangli shoxni topgan. Keyinchalik bu shox mevasi 600 grammli Antonovka olma naviga asos bo‘lgan.
Indutsirlangan mutatsiyalar. Radiatsiya va kimyoviy moddalaming mutagenlik hodisasi ochilgandan so‘ng indutsirlangan mutantlami yara­tish ishlari keng avj oldi. Shvetsiyalik genetik olim A. Gustafsson arpaning rentgen nurlari bilan indutsirlangan mutantlarini olgan. Ularning orasidan don hosildorligi yuqori bo‘lgan formalar hamda keng doirada qisqa poyali mutant tanlab olingan. Keyinchalik donli ekinlarning ko‘p turlarida analogik mutantlar ajratib olingan. Ular erektoid bo‘lib g‘alla kombaynlari bilan o'rishga qulaylik tug‘diradi. O‘simlik va hayvonlar seleksiyasida kimyoviy mutagenezdan foydalanish tadqiqotlari sobiq ittifoqda I. A. Rapoport rahbarligida keng rivojlantirilgan.
Indutsirlangan mutagenez, ayniqsa, mikroorganizmlar seleksiyasida keng ishlatiladi. Kimyoviy va fizikaviy asosga ega bo‘lgan mutagenlar bilan aktinomitsetlarga ta’sir etish natijasida bir qator antibiotiklar produtsent-lari olingan.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling