Ma’ruzachi: Raxmatov Uchkun Ergashevich Biologiya kafedrasi dotsenti v/b, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)


SELEKSIYADA POLIPLOIDIYADAN FOYDALANISH


Download 1.33 Mb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1508538
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 -5 -ma\'ruzalar 6-semestr

4.SELEKSIYADA POLIPLOIDIYADAN FOYDALANISH
Madaniy o‘simliklar seleksiyasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan poliploidiya metodi o‘simliklar seleksiyasi uchun o‘zgaruvchanlikning qimmatli manbayi hisoblanadi. Poliploidiya mohiyatini bilmagan ravishda mahalliy seleksiya bu hodisadan bug'doy, g‘o‘za, kartoshka va boshqa ekinlami yaratishda o‘zgaruvchanlik manbayi sifatida keng foydalangan.
Seleksiyada avtopoliploidiyadan foydalanish. Avtopohploidiya hodisasining mohiyati ilgari qayd qilganimizdek, xromosomalar to‘plamlarining martaga ko‘payishi natijasida hujayralar va bundan kelib chiqqan holda butun o‘simlikning ko‘lami, vazni ortishidan iborat. Poliploid formalarini olishda kolxisindan foydalanish ancha samara beradi. Diploid sonli xromosomalaming ikki marta ko‘payishi natijasida tetraploid songa olib kelishi odatda hujayralar hajmining oshishiga va ularning bo‘linishi sur’atlarining o‘zgarishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘simlikning o‘zi va uning organlarini, u mg‘ og‘irligi va katta-kichikligi, ularning kimyoviy tarkibini o'zgarishga olib keladi. Masalan, tetraploid javdarning1000 ta donining og‘irligi 55-56 gramm bo’lsa, ushbu navning diploid formasida 29 grammni tashkil etadi.
Poliploidlash hodisasi uyg‘unlashgan fiziologik-biokimyoviy tizimlarni buzib, bir qator hollarda qimmatli bo’lgan kimyoviy moddalarning ko‘payishini ta’minlaydi yoki odam uchun noma’qul bo’ligan birikmalarning (masalan, poliploid qand lavlagida azot birikmalari) sintezini kamaytiradi. Shu bilan birga poliploidlar boshqa qimmatli belgilarga, ya’ni kasalliklarga chidamlilik kabilarga ham ega bo’lishi mumkin. Ammo sun’iy olingan avtopoliploidlarda pushtlilik ko‘pincha susaygan bo’ladi. Poliploidlarning har bir doni boshlangich formalarnikiga nisbatan yirik bo’ladi, ammo bitta o‘simlikdagi donlar soni boshlangich formalarnikiga nisbatan kam bo’ladi. Buning sababi asosan meyoz jarayonining buzilishligidadir. Bu kamchiliklar keyinchalik seleksiya jarayonida yo‘q qilinadi.
Olingan poliploid tayyor nav degan tushuncha emas. Nav darajasiga yetkazish uchun seleksiya ishlari olib borilishi kerak. Buning davomida pushtlilik ortishi, noqulay sharoitlarga chidamliligini oshirish kabi vazifalar hal qilinadi. Hozirgi kunda qand lavlagi, makkajo‘xori va boshqa bir qator qishloq xo'jaligi ekinlarida xo‘jalik ahamiyatiga ega bo’lgan qimmatli poliploidlar olingan. Masalan, triploid formalar qishloq xo‘jaligida katta samara bergan. Triploid o‘simliklar odatda bepusht yoki juda sust pushtli bo’ladilar, lekin vegetativ massasining yuqori hosildorligi bilan ajralib turadi. Qand lavlagining triploid formasi o‘zining yirik ildizmevasi evaziga maydon birligiga beradigan qand hosildorligi diploid shakliga nisbatan 8-12% yuqoridir. Lavlagining triploid o‘siraliklari uning diploid va tetraploid formalarini chatishtirish natijasida olinadi.
Triploid duragaylarining bepushtliligi ijobiy ahamiyatga ham ega. Masalan, tarvuz yoki uzum mevalari ancha yirik va kasalliklarga chidamli bo’lib, ular urug‘siz bo’ladi. Shu bilan bir qatorda ayrim avtopoliploidlarda salbiy tomonlar, masalan, hujayralarida suv ko‘p yig’ilishi kuzatiladi. Bu esa qurg‘oqchilikka va sovuqqa chidamlilikni pasaytiradi. Shu sababli poliploid formalarni yaratayotgan vaqtda hamma vaqt qattiq tanlash olib borilishi zarur.
Seleksiyada allopoliploidiyadan foydalanish. Akademik N. V. Sitsin sobiq ittifoqning Osiyo regioni, xususan, Sibirning sovuq iqlimiga bardosh beradigan sovuqqa chidamli g‘alla navlarini yaratish ustida ishlagan. Buning uchun u bug‘doyning uzoq qarindoshi bug‘doyiqdan foydalanishga ahd qilgan.
Bug'doyiq - tabiatning noyob yaratgan in’omi. Ko‘p yillik bug‘doyiqning ayrim formalari sovuqqa chidamli bo’lish bilan birga bitta boshog‘ida 70 tagacha boshoqchalari bor, vaholanki, madaniy bug‘doylarda bu raqam 25-30 ga teng. Agarda bunday har bir boshoqchada yetuk don yetilsa - naqadar tugalmas imkoniyat ochiladi. Hosildorlikning ikki hissa ortishi yuzaga kelishi mumkin.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling