Boshlang‘ich materialning o‘zgaruvchanligi o‘simliklaming yangi navlari, hayvonlarning zotlari va mikroorganizmlarning shtammlarini yaratishning asosi hisoblanadi. Bunda kombinativ va mutatsion o‘zgaruvchanliklar, shu jumladan, poliploidiya ham muhim ahamiyatga ega. Organizmlaming ayrim xossa va belgilarining irsiylanish qonuniyatlarini bilgan holda seleksioner o‘zining hohishi bo‘yicha chatishtirish orqali avlodlarda ularning har xil birikmalarini hosil qilishi mumkin. Masalan, bug‘doyda boshoq tipi bilan rivojlanish xarakteri (bahorgi yoki kuzgi)ni, don sifati bilan poyasini; no‘xatlarda - donning rangi va shaklini; makkajo‘xorida - poyaning bo‘yi, donning rangi, so‘taning kattaligi, so‘tada donlarning joylashishi tartiblarining birikmalarini hosil qilish mumkin.
2. TANLASH UCHUN O'ZGARUVCHANLIK MANBALARI
U yoki bu xossa, belgining irsiylanish qonuniyatlari qanchalik yaxshi o‘rganilgan boisa, seleksioner ishonchli holda o‘ziga kerakli belgilami organizmda jamlashi, keraksizlarini esa chatishtirishlar orqali bartaraf etishi mumkin. U yoki bu xossa, belgining irsiylanish qonuniyatlari qanchalik yaxshi o‘rganilgan boisa, seleksioner ishonchli holda o‘ziga kerakli belgilami organizmda jamlashi, keraksizlarini esa chatishtirishlar orqali bartaraf etishi mumkin. Kombinativ o‘zgamvchanlik asosan genlarning kombinatsiya-lanishlaridan kelib chiqadi. Madaniy ekinlarda asosan boshqa xo‘jalik belgilar bilan optimal ravishda uyg‘unlashgan hosildorlikni ko'paytirish yo‘nalishida seleksiya ishlari olib boriladi. Odatda, hosildorlik belgisi genotipda genlarning murakkab tipdagi o‘zaro ta’sirlanishi bilan belgilanadi.
Belgining namoyon bo’lishida qanchalik ko‘p genlar soni ishtirok etsa, shunchalik ularni bir-biri bilan uyg‘unlashish har xil tiplari mavjud bo’lib va shunchalik chatishtirish yo’li bilan genlarning kerakli kombinatsiyasini olish qiyinlashadi.
Shunga qaramasdan kombinativ o ‘zgaruvchanlikdan har xil o‘simlik shakllaridagi kerakli belgi - xususiyatlami bir genotipda uyg‘unlashtirish uchun seleksiyada keng foydalaniladi. Nav va shakllari o‘rganib, baholab, ularni chatishtirib olingan duragay avlodlarida maqsadga muvofiqlarini tanlab borish yangi genotiplari yaratish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |