- Ma’ruzachi: S.Sh.Maxmudov
- 2022
- Asinxron mashinaning tuzilishi, ishlash prinsipi va ish rejimlari.
- Sinxron mashinaning tuzilishi, ishlash prinsipi va ish rejimlari.
- 1. Asinxron mashinaning tuzilishi, ishlash prinsipi va ish rejimlari.
- Asinxron motorlar zamonaviy elektr yuritmaning asosini tashkil etib, sanoat turlarining barcha sohalaridagi avtomatik boshqarish jarayonlarida, qishloq xo'jaligida, kon ishlaridagi yirik elektr jihozlari yuritmalarida va boshqa sohalarda keng qo'llaniladi.
- Asinxron motorning rotori stator ichiga o‘rnatiladi. Rotor — val, po‘lat o'zak va uning pazlariga joylashtirilgan qisqa tutashgan chulg'am yoki uchta fazaviy chulg'amdan iborat. Stator - tana, po'lat o'zak va uning pazlarida joylashgan bir, yoki uch fazali chulg'amdan iborat. Stator va rotorlarning po'lat o‘zaklari maxsus elektrotexnik po'latdan tayyorlangan yupqa plastinalardan yig'iladi.
Asinxron motorlar rotorining tuzilishiga qarab ikki xil bo'ladi: - Asinxron motorlar rotorining tuzilishiga qarab ikki xil bo'ladi:
- 1) Qisqa tutashgan rotorli asinxron motor (rotor chulg'ami qisqa tutashgan) (1-rasm).
- 2) Faza rotorli asinxron motor (rotor chulg'ami uch fazali) (2 - rasm).
rasm-1. Rotori qisqa tutashgan asinxron motorning tuzilishi. 1-val, 2, 6-podshipnik, 3, 7-qopqoqlar, 4-chiqishlar qutisi, 5-ventillyator, 8- ventillyator qopqogi, 9-rotor, 10 – stator, 11-korpus, 12-tayanch panjalar. - rasm-1. Rotori qisqa tutashgan asinxron motorning tuzilishi. 1-val, 2, 6-podshipnik, 3, 7-qopqoqlar, 4-chiqishlar qutisi, 5-ventillyator, 8- ventillyator qopqogi, 9-rotor, 10 – stator, 11-korpus, 12-tayanch panjalar.
- Qisqa tutashgan rotor turlari:
- a) yig’ma, b) quyma rotorlar. 1- shamollatuvchi (ventilyatsion) kuraklar, 2-muvozanatlashtiruvchi yuk, 3-rotor magnit o’tkazgichi, 4—qisqa tutashtiruvchi halqa, 5-pazdagi sterjenlar
Do'stlaringiz bilan baham: |