Ma’ruzalar 3-124
Hujjatlarning turkumlanishi
Download 237.88 Kb.
|
Buxgalteriya hisobi va audit
Hujjatlarning turkumlanishi
Korxonalarda sodir bo‘ladigan operatsiyalar o‘zlarining mazmunlariga ko‘ra har xil bo‘ladi. Hujjatlar o‘rtasidagi farqlar, shuningdek, ulardan hisob ishlarida foydalanishning xususiyatlari bilan ham shartlanadi. Shu munosabat bilan hujjatlarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri qo‘llash uchun ularning barcha turlarini yaxshi bilib olish kerak bo‘ladi. Buning uchun hujjatlarni ma’lum bir xususiyatiga qarab tasniflash zarur. Buxgalteriya hujjatlari quyidagi belgilarga qarab turkumlanadi: ♦ qanday maqsadlarga tayinlanganligiga; ♦ tuzish tartibi va operatsiyalarni qamrab olishligiga. Hujjatlar qanday maqsadga tayinlanganligiga qarab farmoyish isbotlovchi (tasdiqlovchi) buxgalteriya rasmiylashtiruvchi va aralash (kombinasiyalashtirilgan) turlarga bo‘linadi. Farmoyish deb, u yoki bu xo‘jalik operatsiyalarini bajarish to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish)ga ega bo‘lgan hujjatlarga aytiladi. Ularga buyruqlar, cheklar, ishonchnomalar va boshqalar kiradi. Ularning asosiy vazifasi rahbar xodimlarning topshirig‘i bevosita bajaruvchilarga topshirishdan iborat. Isbotlovchi (yoki bajaruvchi) hujjatlar deb amalga oshirilgan operatsiyalarni rasmiylashtiruvchi hujjatlarga aytiladi. Ular operatsiyalar sodir bo‘lish daqiqasida tuziladi va ushbu operatsiyalarni hisobda qayd qilishning birinchi bosqichini anglatadi. Isbotlovchi hujjatlarga misol bo‘lib kirim orderlari hisoblanadi. Buxgateriya rasmiylashtiruvchi hujjatlari deb buxgalteriya xodimlari tomonidan hisob yozuvlarini tayyorlash hamda ularni yengillashtirish, qisqartirish va soddalashtirish uchun yaratilgan hujjatlarga aytiladi. Bularga taqsimlovchi, hisob - kitoblar (Misol uchun, kalkulyatsiya), turli-tuman buxgalteriya ma’lumotlari va shu kabilar kiradi. Buxgalteriya ma’lumotnomalari ma’lum summani bir schyotdan boshqa schyotga o‘tkazish kerak bo‘lganda, u yopishni rasmiylashtirish, hisob yozuvlarida yo‘l qo‘yilgan xatoni to‘g‘rilash hollarida va hokazolarda tuziladi. Bunga bo‘lgan ehtiyoj juda ko‘p uchraydi. Shuning uchun unga o‘xshash ma’lumotlarni tuzish buxgalteriya amaliyotida juda keng tarqalgan. Buxgalteriya rasmiylashtiruvchi hujjatlarining turlaridan biri, amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha schyotlar korrespondensiyasi mazkur operatsiyani rasmiylashtirilgan asosiy hujjatning bosma ish qog‘ozi (blanki)ning shu maqsad uchun maxsus ajratilgan joyida yoki boshqa usul bilan ko‘rsatilishi hisoblanadi. Aralash (kombinasiyalashtirilgan) hujjatlar deb bir nechta hujjatlar turining, ya’ni farmoyish, isbotlovchi va buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilarini birga qo‘shib olib boradigan hujjatlarga aytiladi. Aralash hujjatlarga misol sifatida bo‘nak (avans) hisobotini keltirish mumkin. U hisobdor shaxs tomonidan olingan bo‘nakdan qilingan xarajatlarni ko‘rsatish uchun tuziladi. Bu xarajatlarning ro‘yxati ularni tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatilgan holda hisobdor shaxs tomonidan bo‘nak hisobotining orqa tomonida keltiriladi. Hisobotning yuz tomonida har xil ma’lumotlar - hisobdor shaxsning ismi, sharifi, unga berilgan summa va hokazo keltiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda shu betning o‘zida buxgalteriya xodimi tomonidan alohida ajratilgan joyda xarajatlar qanday schyotlarda aks ettirilishi kerakligi ham ko‘rsatiladi. Tuzilish navbatiga qarab hujjatlar dastlabki (birlamchi) va yig‘ma hujjatlarga bo‘linadi. Dastlabki hujjat deb sodir bo‘lib o‘tgan operatsiyalarni dastlab aks ettiradigan hujjatlarga aytiladi. Ular mazkur operatsiyalar haqiqatda bajarilganligining isboti bo‘lib hisoblanadi. Dastlabki hujjatga misol sifatida materiallar uchun talabnomalarni keltirish mumkin. Ular materiallarni ombordan berilishida tuziladi va omborchi tomonidan unga materiallarni berish to‘g‘risidagi farmoyishning bajarilganligi haqida guvohlik beradi. Dastlabki hujjatlar tarkibiga, shuningdek, qabul qilish - topshirish dalolatnomalari, nakladnoylar, til-xat, kvitansiyalar va boshqalarni kiritish mumkin. Yig‘ma hujjat deb dastlabki hujjatlar asosida tuziladigan hujjatlarga aytiladi. Ularda tegishli dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan operatsiyalar aks ettiriladi. Yig‘ma hujjatlarga yuqorida ko‘rib chiqilgan bo‘nak hisoboti, umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash vedomostlari, kalkulyatsiyalar va boshqalar kiradi. Operatsiyalarni qamrab olish usuliga qarab, hujjatlar bir martalik va ko‘p martaliklarga bo‘linadi. Bir martalik hujjatlar bitta yoki bir vaqtning o‘zida bir nechta operatsiyalarni aks ettiradi. Bu, tuzilib bo‘lgandan keyinroq buxgalteriya topshirilishi va buxgalteriya yozuvlari uchun ishlatilishi mumkin. Bir martalik hujjatlariga kirim orderlari, qabul qilish - topshirish dalolatnomalari, to‘lov talabnomalari, kassa orderlari va hokazolar kiritilishi mumkin. Ko‘p martalik hujjatlar fermer xo‘jaliklarida har xil vaqtlarda (bir hafta, dekadada, oyda) amalga oshirilayotgan bir turdagi operatsiyalarni rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi. Ular fermer xo‘jaliklarida qisqa vaqt ichida ko‘plab sodir bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha yozib boriladigan hujjatlar sonini qisqartirish maqsadida tuziladi.Bunga «Ish vaqtini hisobga olish tabeli», «Yem-xashak sarflash qaydnomasi» hujjatlari kiradi. Download 237.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling