5. Tahliliy funksiya - xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini va uning natijalarini tahlil qilishdan iborat. Axborotdan foydalanuvchilar (ichki va tashqi) hisob-iqtisodiy axborotlarga asosan xo‘jalik yurituvchi sub’yektning mulkiy holati, to‘lov layoqati, chetdan kapital jalb qilishi, ichki va tashqi munosabatlari, faoliyat samaradorligi, rivojlantirish istiqbollari va hokazolar to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni olishga intiladilar. Boshqaruv maqsadlari uchunresurslarning barcha turlaridan foydalanish, ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlari; foydaning shakllanishi, taqsimlanishi vaishlatilishi va shunga o‘xshashlar tahlil qilinishi lozim. Tahlil jarayonida haqiqiy ko‘rsatkichlar, reja, normativ, smeta ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanib, tafovut sabablari aniqlanadi. Demak, operativ boshqaruv, boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilish hamda korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini prognozlashda buxgalteriyahisobi tahliliy funksiyasining ahamiyati beqiyosdir.
2-ma’ruza: BIZNESDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH, PREDMETI VA METODI
Reja:
2.1.Biznesda buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy tartibga solish tizimi
2.2.Buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish prinsiplari, tizimi va uning asosiy elementlari
2.3.Buxgalteriya hisobining predmeti va metodining elementlari
Tayanch iboralar:
Me’yoriy-huquqiy asos, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonun, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, “Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida”gi Nizom, Buxgalteriya hisobi predmeti, buxgalteriya hisobi ob’yektlari, xo‘jalik mablag‘lari, xo‘jalik mablag‘lari manbalari, buxgalteriya hisobi, buxgalteriya hisobini tashkil etish, tashkil etish talablari, tashkil etish tamoyillari, bosh buxgalter: huquqlari, majburiyatlari, markazlashgan va markazlashmagan buxgalteriya hisobi, buxgalteriya hisobi metod (element)lari, hujjatlashtirish, inventarizasiya, schyotlar tizimi, ikkiyoqlama yozuv, baholash, kalkulyatsiya, balans, hisobot.
Do'stlaringiz bilan baham: |