Ma’ruzalar matni 1-mavzu. Pedagogik mahorat haqida tushuncha va uning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni. Reja
Download 39.84 Kb.
|
1-mavzu
Pedagogik faoliyat o‘ziga xos tarixiy-ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tushuncha bo‘lib, u insonni hayot, mehnat, ijtimoiy turmushga tayyorlash va yeng avvalo, yosh avlodni mustaqil ish yuritib, mamlakatda, jamiyatda muvaffaqiyatli mehnat qilib, ijtimoiy-foydali amallar bilan shug‘ullana oladigan inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan harakatdir.
Pedagogik faoliyatning dastlabki o‘ziga xosligi shundan iboratki, u bilan turli ijtimoiy qatlam a’zolari, ishlab chiqarish ishlarini bajarish jarayonida hamma shug‘ullanadi. Chunki, bu faoliyat tarbiyalashga moyillikni anglatuvchi inson tabiatiga xos xususiyat hisoblanib, u ota-onalar va qirindosh-urug‘lar, yoshi katta do‘st - o‘rtoqlar, jamoadoshlar, o‘quv, ishlab chiqarish guruhlari, rahbarlar, lavozimdagi kishilar va hokazoni qamrab oladi. Ammo bularning barchasi noprofessional pedagogik faoliyat hisoblanadi. Professional pedagogik faoliyat esa maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, kasbiy-pedagogik ma’lumotga yega bo‘lishni talab yetadi. U muayyan pedagogik tizimlarda amalga oshiriladi, u yashash manbai bo‘lib, tabiiy ravishda unga haq to‘lanadi. Shu bois bu kasb doimiy mutaxassislik bo‘lib, yashash, tirikchilik manbai bo‘lgan faoliyat, mashg‘ulot turi bo‘lib hisoblanadi. Doimiy ravishda o‘zgarib turadigan kasblar, ish turlari mavjud, ammo, dunyoda, garchi uning mazmuni, shart-sharoiti o‘zgarsa ham pedagogik faoliyat o‘zgarmaydi. Chunki davr, zamon o‘zgargan sari ba’zi kasb-korlar yo‘qolib ketishi mumkin. Masalan, Alisher Navoiy yashagan davrda eng zarur va zamonaviy kasb bo‘lgan xatttotlik, bugungi kunda deyarli yo‘qolib ketgan. Y.A.Klimov taklif etgan tasnifga ko‘ra, pedagogik faoliyat odamning odam bilan muloqotini nazarda tutganligi sababli, “inson — inson ” tipidagi kasblar guruhiga kiradi. Chunki, pedagogik faoliyat burch va mas’uliyat hissi o‘ta yuqori bo‘lganligi bilan xarakterlanadi. Pedagogik faoliyatning “inson - inson” tipidagi boshqa faoliyat turlaridan farqli tomoni shundaki, u bir vaqtning o‘zida ham qayta o‘zgartiruvchi, ham boshqaruvchi kasb tipiga kiradi. Pedagog bir paytning o‘zida shaxsning shakllanishi va qayta o‘zgarishiga ko‘maklashishi, uning aqliy, hissiy va jismoniy rivojlanish, shakllanish jarayonini boshqarishi kerak. Pedagogik faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: •bilimlarni yaratish, ishlab chiqarish, ya’ni tadqiqotlar olib borish, ishlanmalar tayyorlash, yekspertizalar o‘tkazish, yangilikni izlash va h.k.; • ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida bilimlarni nazorat qilish; • dasrlik, o‘quv qo‘llanma va boshqa o‘quv-metodik materiallar, ilmiy maqolalar tayyorlash orqali bilimlarni tarqatish; o‘quvchilarni tarbiyalash, ularning shaxsini shakllantirish va rivojlantirish. Pedagogik faoliyatning bir necha xususiyatlari mavjud bo‘lib, ularning ayrimlari qo‘yidagilarni tashkil etadi. Pedagoglik kasbining insonparvarlik xususiyati uning inson tarbiyasiga, shaxsni shakllantirish va uni rivojlantirish funksiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq holda bola tomonidan insoniyat yutuqlarini o‘zlashtirilishiga qaratilgan bo‘lib, shu orqali inson naslining davomiyligi, avlodlar vorisiyligi ta’minlanadi. Pedagogik faoliyatning jamoaviylik xususiyati deganda shuni tushunish lozimki, ta’lim oluvchiga faqat bir o‘qituvchi yemas, balki o‘qituvchilar jamoasi, shuningdek, ona-onalar va boshqa guruhli va jamoaviy ta’sir manbalari o‘z ahamiyatini ko‘rsatadi. Pedagog faoliyatining ijodiylik xususiyati uning belgilangan maqsadga erishish yo‘lida o‘z imkoniyatlarini qay darajada ishga moslanganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham pedagogik faoliyatning ijodkorlik xususiyati muhim ahamiyatga yegadir. Faoliyatning bir necha turlari mavjud bo‘lib, ulardan eng asosiy si va muhimi – bu pedagogik kasbning mazmunida shakllanib, takomillashib boruvchi pedagogik mahorat hisoblanadi. Download 39.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling