Ma’ruzalar matni 8-mavzu. Bilimlar – iqtisodiyotda raqobatbardoshlik ustunliklarini ta’minlash omili sifatida


-rasm. Innovatsion jarayonni amalga oshirish xususiyatlari


Download 0.49 Mb.
bet7/11
Sana20.03.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1285124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9.Bilimlar iqtisodiyoti - Copy (9) - Copy (1)

8.1-rasm. Innovatsion jarayonni amalga oshirish xususiyatlari
-innovatsiya ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish uchun yo’naltirilgan innovatsiya mablag’larining asosiy qismi bo’lib, ishlab chiqarish subyektlarining asosiy mablag’larida mujassamlashadi.
Innovatsion yangiliklarni ishlab chiqarish jarayonida qo’llashning samaradorligi ishlab chiqarish subyektlarining iqtisodiy-ijtimoiy va ekologik samaradorligining o’sib borishiga olib keladi. Innovatsion samaradorlikni quyidagi formula orqali hisoblash mumkin7:
Si=FiXi∙100%
bunda, Si- innovatsion samaradorlik, %da;
Fi- innovatsion foyda, so’mda;
Xi- innovatsion xarajatlar, so’mda.
Respublika Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PP-916 raqamli “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari” to’g’risidagi Farmoniga asosan 2013 yil 1 yanvarigacha o’quv va ilmiy-tadqiqot korxonalari va tashkilotlari, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari foydadan to’lanadigan soliq, yagona soliq to’lovi, qo’shilgan qiymat solig’i va davlatning maqsadli fondiga majburiy to’lovlaridan (yagona ijtimoiy to’lovlardan tashqari) amaliy ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini xo’jalik subyektlari bilan xo’jalik bitimlari asosida ishlovchi subyektlar ozod qilinishi belgilangan.
Respublikada innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida 2002 yilda “Innovatsion ilmiy-texnikaviy faoliyatni moliyalashtirish Fondi” tashkil etilgan. O’tgan davr ichida 1070 ta innovatsion loyihalar bu fonddan moliyaviy yordam oldilar.
Respublikada innovatsion faoliyatni faollashtirish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim: oliy o’quv yurtlarida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanuvchi ilmiy xodimlar tayyorlash; davlat darajasida strategik ahamiyatga molik tarmoqlardagi innovatsion faoliyatni davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish; mintaqalarda innovatsion faoliyat bilan shug’ullanuvchi kichik korxonalar faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish; innovatsion faoliyat bilan shug’ullanuvchi xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish tizimini takomillashtirish; innovatsion faoliyat bilan shug’ullanuvchi qo’shma korxonalarni tashkil etish uchun tegishli sharoitlarni yaratish va ular tomonidan yaratilgan yangiliklarni lisenziyalashtirish asosida jahon bozoriga olib chiqish.
Innovatsion mahsulotlarning ko’payib borishi davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag’lar miqdoriga ham bog’liq
Respublikada innovatsion taraqqiyot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar mavjud. Respublikada innovatsion rivojlanish davrini uch bosqichga bo’lish mumkin. Birinchi bosqich 1991-1994 yillarni o’z ichiga qamrab olib, iqtisodiyotni bozor mexanizmlariga asoslangan holda rivojlanishi uchun zarur bo’lgan innovatsion shart-sharoitlar yaratildi. Ikkinchi bosqich 1995-2000 yillarni o’z ichiga qamrab olib, milliy iqtisodiyotning innovatsion asosda rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Uchinchi bosqich 2001 yildan boshlanib, u amaliyotga muqobil innovatsion yangiliklarni qo’llash asosida iqtisodiyot taraqqiyotining makroiqtisodiy barqaror rivojlanishiga erishilganligi bilan ifodalanadi.
Xususan, 2006-2009 yillarda iqtisodiyotga qilingan jami investisiyalarning 49,5 %i sanoatdagi asosiy fondlarni yangilashga yo’naltirilgan investisiyalarning hissasiga to’g’ri keldi. 2006-2010 yillarda sanoatda asosiy fondlarning yangilanish koeffisiyenti o’rtacha 10,2 %ni tashkil etdi. Bunda sanoat ishlab chiqarish fondlarining yangilanish koeffisiyentining yuqori darajasi elektroenergetika tarmog’ida 15 %; qurilish materiallari sanoatida 12 %; yengil sanoat tarmog’ida 18 %; poligrafiya sanoatida 20 % kuzatildi.
Yuqorida qayd etilgan ijobiy jihatlar bilan birga, sanoatni YaIM ning barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlashdagi rolini oshirishga salbiy ta’sir qilayotgan omillar ham mavjud bo’lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Sanoatning YaIMdagi salmog’i darajasi sanoati taraqqiy etgan mamlakatlar darajasiga yetmaganligi. 2010 yilda sanoatning YaIM dagi salmog’i 24,0 %ni tashkil qildi. Bu esa, sanoati taraqqiy etgan mamlakatlar darajasidan sezilarli darajada past. Mazkur mamlakatlarda sanoatning YaIMdagi salmog’i 28-32 %ni tashkil etadi.
2. Aylanma mablag’larning yetishmasligi, pul oqimining zaifligi, sanoat korxonalarining aksariyat qismida ishlab chiqarish jarayonini modernizasiya qilish va texnik jihatdan qayta qurollantirishga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
3. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining narh indeksining yuqoriligi, narhlarning o’sish sur’atini sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o’sish sur’atidan yuqoriligi koeffisiyenti 1,12 ni tashkil qildi. Holbuki mazkur davrda ushbu koeffisiyentning o’rtacha darajasi MDH mamlakatlarida 1,07 ni tashkil qilgan.
4. Sanoatda tashkil qilingan ayrim qo’shma korxonalarning to’la quvvatda ishlamayotganligi.
Mazkur muammolarni hal qilish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
1. Hozirgi davrda respublikamizda sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning umumiy hajmida innovatsion tovarlarning salmog’i past bo’lib, 15-17 %ni tashkil etmoqda. Buning uchun innovatsion mahsulotlar salmog’ini sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida oshirish, mahsulotlarning energiya sig’imini kamaytirish yo’li bilan sanoat tovarlarining raqobatbardoshligini ta’minlash zarur.
2. Sanoat korxonalarining aylanma mablag’larini to’ldirish va pul oqimining barqarorligini oshirish maqsadida mazkur korxonalarni mamlakat banklarining kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish uchun sanoat korxonalariga xizmat ko’rsatadigan tijorat banklarining ustav kapitalida davlatning hissasini oshirish va ushbu mablag’lar hisobidan sanoat korxonalarini imtiyozli kreditlashni yo’lga qo’yish lozim.
3. Sanoat korxonalarida narxlarning o’sishini ishlab chiqarish hajmining o’sishidan yuqori bo’lishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida, birinchidan, ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar miqdorining o’sish sur’atini mehnat unumdorligining o’sish sur’atidan yuqori bo’lishining oldini olish lozim; ikkinchidan, tabiiy monopoliya hisoblanadigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning o’sishiga nisbatan hukumat iqtisodiy normativlarini joriy qilishi zarur. Mazkur iqtisodiy me’yorlar tabiiy monopoliyalar ishlab chiqaradigan mahsulot va xizmatlarning o’sish sur’atini sanoat mahsulotlariga bo’lgan narxlarining umumiy indeksidan yuqori bo’lishining oldini olish imkonini berishi lozim.
4. Sanoat tarmog’ida faoliyat yuritayotgan qo’shma korxonalarning to’la quvvatda ishlashini ta’minlash maqsadida: xorijdan yetkazib berilayotgan mashina va uskunalarning sifatini nazorat qilish amaliyotini takomillashtirish lozim; mutaxassislarning investision loyihalar samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni baholash borasidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish choralarini ishlab chiqish zarur; qo’shma korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlariga ta’sir qiluvchi omillarning o’zgarishini prognoz ko’rsatkichlarini ishlab chiqishni takomillashtirish zarur; mahalliy xom-ashyodan foydalanish darajasini oshirish lozim.
Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, innovatsiya hisobiga iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash innovatsion faoliyatni rag’batlantirish tizimini tashkil etishga bog’liq.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling