Ma’ruzalar matni 8-mavzu. Bilimlar – iqtisodiyotda raqobatbardoshlik ustunliklarini ta’minlash omili sifatida


-vaziyat: Maqsad-muddao rahbar bo’lish edi, xodima o’z maqsadiga erishib rahbar etib tayinlandi. Ishni nimadan boshlaydi? 4-vaziyat


Download 0.49 Mb.
bet6/11
Sana20.03.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1285124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9.Bilimlar iqtisodiyoti - Copy (9) - Copy (1)

3-vaziyat: Maqsad-muddao rahbar bo’lish edi, xodima o’z maqsadiga erishib rahbar etib tayinlandi. Ishni nimadan boshlaydi?
4-vaziyat: Talaba qiz tabiatan sho’x va o’ta mustaqil. Unda boshqaruvchi bo’lish imkoniyati qay darajada?
5-vaziyat: Rahbar bo’lish istagi kuchli, lekin odam bilan muomalaga kirishishda muammolari ko’p. Yuqorida keltirilgan har bir vaziyat guruh sharoitida: a) faqat qizlar auditoriyasida; b) qizlar va yigitlar birgalikda ijtimoiy psixologik trening shaklida to’la tahlil qilinishi, bunda rolli o’yinlardan ham keng foydalanish mumkin bo’ladi. Maqsad – qizlarni istiqbolda qanday tipik vaziyatlar kutishi mumkinligi to’g’risidagi tasavvurlarini kengaytirish va professional karyera qilish malakalarini oshirishdir.


8.4.Innovatsion faoliyatni tashkil etishning asosiy shakllari
K.Frimen2 1987 yilda “Milliy innovatsion tizim” tushunchasini kiritgan. “Milliy innovatsion tizim” turli institutlarni birgalikda yoki alohida yangi texnologiyalarni yaratishga hissa qo’shgan va hukumat a’zolarining yangi siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishiga ta’sir etuvchi innovatsion jarayondir. U o’zaro bog’langan institutlar tizimi bo’lib, ular “bilimlar, yangiliklar va yangi texnologiyalarni tashkil etish, saqlash va uzatishni amalga oshiradilar.
P.Drukerning fikricha, tadbirkorlarning innovatsion fikrlashlari bir-biridan farqlanadi. Innovatsiyalashtirish tadbirkorlikning ixtisoslashgan yo’nalishidir. Har bir tadbirkor o’zining ishlab chiqarish obyektida innovatsion tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadi. Shu bilan birga ixtisoslashgan innovatsion faoliyat bilan shug’ullanuvchi subyektlar esa umuman tadbirkorlik faoliyatining barcha yo’nalishlariga, ilm-fan va texnika taraqqiyotida qo’lga kiritganyangiliklari bilan ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish usullarini tashkil qilish asosida ularga xizmat qiladi3.
A.Busiginning fikriga ko’ra, innovatsiya asosiy kapital (ishlab chiqarish fondlarini) yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ilm-fan, texnika, texnologiyalar asosida yangilashdir. Innovatsiya hozirgi zamon ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida qonuniy va obyektiv jarayondir. Tadbirkorlik amaliyotida innovatsiya qanday shaklda bo’lishidan qat’iy nazar, innovatsion jarayonni ifodalaydi. Ayrim holatlarda ishlab chiqarish qisman emas, balki to’liq innovatsiyaga asoslanadi, natijada qat’iy yangi tasnifga va xususiyatga ega bo’lgan tovarda yoki foydalanishda ifodalanadi4.
Yu.Shvesov, innovatsion jarayon yangilikni yaratish va amaliyotga qo’llash deb hisoblaydi5.
M.Saidovning fikricha, innovatsiya, avvalo, iqtisodiyotni rivojlantirishga qo’yilmalarning samaraliligi bilan tavsiflanadi, ishlab chiqarishda mavjud bo’lgan oldingi avlod texnikasi va texnologiyasini ancha samarali, ekologik sof va resurslarni tejashga imkon beruvchi ishlab chiqarish vositalari bilan almashtirishni ifodalaydi. Innovatsion faoliyat (yangiliklarni joriy etish) ishlab chiqarish yangi texnologiyalari negizida raqobatbardosh mahsulot (tovar) turlarini yaratish jarayoni. Bu jarayon g’oyaning paydo bo’lishi, uning maqsadini aniqlash va amalga oshirishdan to ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulot ishlab chiqarish, uni sotish va iqtisodiy samara olishgacha bo’lgan ishlarni o’z ichiga oladi6.
Innovatsiya yutuqlarining iqtisodiy natijalari ishlab chiqarish jarayonida moddiy resurslarni, mahsulot birligiga sarflanadigan jonli va buyumlashgan mehnatni tejashni, kishi boshiga mehnat unumdorligining oshib borishini, atrof-muhitning ekologik jihatdan ifloslanish darajasini kamaytirishni ta’minlashda, ishlab chiqarishda, ijtimoiy sohada band bo’lganlarning ish haqi va daromadlarining o’sib borishida, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash darajasini oshib borishida, ijtimoiy infratuzilmani rivojlanib borishida ifodalanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni innovatsion asosda rivojlanishi tanlab olingan eng asosiy yo’li deb hisoblash mumkin.
Innovatsion jarayon quyidagi rivojlanish bosqichlariga ega: innovatsion g’oyalarning rivojlanishi; eng samarali innovatsion g’oyalarni aniqlash; innovatsion g’oyalarni amalga oshirishni iqtisodiy baholash; biznes rejada innovatsion g’oyalarni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy xarajatlarni asoslash; ekspertlar tomonidan innovatsion g’oyalarni amalga oshirish biznes rejasini baholash; innovatsion rejalar asosida namunaviy mahsulotni ishlab chiqarish va bozor talablari asosida sinash; bozorda yuqori talabga ega bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan o’zgartirishlarni kiritish va ularning bozordagi harakatlarini ishlab chiqish; sinalgan innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish va bozorda sotilishini ta’minlash.
Aytish mumkin, ishlab chiqarish jarayonida ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni qo’llanilishi natijasida ular ilmiy-texnikaviy innovatsiya mahsulotlariga aylanadi.
Innovatsion jarayon innovatsion faoliyatga nisbatan keng ma’noga ega bo’lib, innovatsion jarayonning amalga oshirish xususiyatlari mavjud (2.5-rasm).
Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion jarayon iste’mol talablari ta’sirida qisqa muddatlarda o’zining yangiliklari bilan tavsiflanadigan jarayon bo’lib, uning harakati uzluksiz ravishda takomillashgan holda amalga oshirib boriladigan turli yo’nalishlardagi harakatlarni o’zida ifoda etadi. Chunki, bozor munosabatlari sharoitida innovatsiya qo’yilmalarining erkin harakati natijasida iqtisodiy subyektlar o’rtasida erkin raqobatning darajasi oshib boradi.
Innovatsiya iqtisodiy kategoriya ekanligini nazariy jihatdan tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
- innovatsion faoliyat innovatsiya, innovatsion jarayonga nisbatan keng ma’noga ega bo’lib, ilm-fan va texnika yangiliklarini ishlab chiqarishga tatbiq etilishini ifoda etadi. Innovatsion faoliyat innovatsiya va innovatsion jarayonni to’liq qamrab oladi;


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling