Ma’ruzalar matni


Download 4.32 Mb.
bet10/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Issiqlik yutuvchanlik (sig‘imi)-haroratlar farqi 10S bo‘lganda 1 kg materialning yutgan issiqlik miqdori quyidagi formula yordamida topiladi:
QC.m.(t1-t2),
bu erda: S-issiqlik yutuvchanlik koeffitsienti; Q-issiqlik miqdori, (kJ); m-namunaning massasi, kg;
(t1-t2)-haroratlar farqi, 0S.
Materiallarning issiqlik yutuvchanligi Markaziy Osiyo quruq issiq iqlimida quriladigan bino loyihalarini tuzishda, devorbop konstruksiyalar, qavatlararo plitalar va isitish majmualarini hisoblashda katta ahamiyatga ega. Ba’zi materiallarning issiqlik yutuvchanlik koeffitsenti 2.1-jadvalda keltirilgan.

2.1-jadval


Ba’zi materiallarning issiqlik o‘tkazuvchanlik va yutuvchanlik koeffitsientlari



Materialar

O‘rtacha zichlik, kgm3

, Vtm.0S

S,
kJkg.0S

1

Granit

2600

2,50

2,5

2

Oddiy g‘isht

1800

0,70

0,18-0,22

3

Og‘ir beton

2100-2600

1,10-1,60

0,21

4

Engil beton

1200-1800

0,80-0,35

-

5

Qarag‘ay (tolasiga perpendikulyar)

600

0,15

-

6

Mineral paxta

200-400

0,05-0,08

-

7

YOg‘och tolali presslangan plitalar

300

0,08

0,07

8

G‘ovakli plastmassa

20

0,035

-

9

Po‘lat

7850

58

0,11

10

Suv

1000

0,58

1,0

11

Havo

0,00129

0,02

-

Olovga bardoshlik-materialni 15800S va undan yuqori haroratda yumshamaslik va deformatsiyalanmaslik xususiyatidir. Olovbardosh materiallar sanoatda pishirish humdonlarini qoplashda ishlatiladi. Bu jixatdan materiallar eriydigan (13500S kam), qiyin eriydigan (135015800S) va erimaydigan (15800S yuqori) turlarga bo‘linadi.
Materiallarning termik chidamliligi ularning haroratni siklli ko‘p marta o‘zgarishiga buzilmasdan chidash xususiyatidir. Termik chidamlilik materialning tarkibiga, haroratdan kengayish koeffitsientiga bog‘liq bo‘ladi. Haroratdan kengayish koeffitsienti kichik bo‘lsa, materialning termik chidamliligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Granit, oyna va shu kabi materiallarning termik chidamliligi kichik.
YOnuvchanlik materialning olov ta’sirida ma’lum muddatda yonmaslik xususiyatidir. Bu jixatdan materiallar-yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonadigan turlarga bo‘linadi. Masalan, yonmaydigan materiallarga beton, g‘isht, po‘lat, granit va x.k.,qiyin yonadiganiga asfaltbeton, fibrolit, ba’zi penoplastlar, shimdirilgan yog‘och va sh.k., yonadiganlariga- yog‘och , gulqog‘oz, bitum, bo‘yoqlar va sh.k. lar kiradi.
Materialni antipirenlar bilan shimdirib yoki qoplab yonish muddatini kechiktirish mumkin. Ko‘pchilik yonmaydigan materiallar olov ta’sirida yonmasada kuchli deformatsiyalanadi (po‘lat), darz ketadi (tabiiy toshlar),sachrab sinadi (asbotsement) va sh.k.
Radiatsiyaga chidamlilik
Radiatsiyaga chidamlilik materialning ionlantiruvchi nurlar ta’sirida uning tuzilishi va fizik-mexanik xossalarini o‘zgartirmaslik xususiyatidir. Atom energetikasining rivojlanishi, turli radioaktiv nurlarni xalq xo‘jaligida ishlatilishi materiallarni nurlarga chidamliligini o‘rganishga, bu nurlardan muxofazalovchi materiallarni yaratishga olib keldi. Radiatsiya nurlari, xatto kristall tuzilishli materiallarni amorf xolatga keltirishi, ularda juda kuchli ichki zo‘riqishlar hosil qilishi va buzishi mumkin. Radioaktiv nurlardan himoyalash uchun maxsus tarkibli o‘ta og‘ir betonlar, metall qotishmalari va sh.k. ishlatiladi.
5.Qurilish materiallarining mexanik xossalari

Mustahkamlik


Materialga tashqi kuch ta’sir etganda unda ichki kuchlanish (zo‘riqish) paydo bo‘ladi. Kuchlanish ma’lum qiymatga etganda material buziladi (sinadi, parchalanadi). Materialning buzilishga qarshilik ko‘rsatish xususiyati mustahkamlik deb ataladi. Materiallarning mustahkamligi odatda ularning mustahkamlik chegarasi-R orqali ifodalanadi. Mustahkamlik chegarasi deb, materialning eng katta kuch ta’sirida buzilgan vaqtida hosil bo‘lgan ichki kuchlanish-b ga aytiladi. Bino va inshoot qismlarining mustahkamligini hisoblash davlat standartlari bo‘yicha ruxsat etilgan kuchlanish uning mustahkamlik chegarasi orqali ifodalanadi:
rux=RZ ,
bu erda: R-mustahkamlik chegarasi, Mpa;
Z-mustahkamlikning ehtiyot (zaxira) koeffitsienti, kamida 2-3 ga teng.
Ehtiyot koeffitsientini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish lozim:
a) tuzilishi bir jinsli bo‘lmagan materiallar mustahkamlik
chegarasining yarmidayoq kuchsizlangan joyidan buzila boshlaydi;
b) Ko‘p materiallar kuch ta’sirida tez deformatsiyalanadi va
mustahkamlik chegarasi ko‘rsatkichining 50-70% ida darzlar hosil bo‘ladi;
v) materialga qayta-qayta o‘zgaruvchan dinamik kuch qo‘yilganda u mustahkamlik chegarasiga etmasdan buziladi. Bunga materialning “charchashi” tufayli buzilish deyiladi. Hozirgi vaqtda materiallarning buzilish holatini hisoblashda ehtiyot koeffitsientlaridan foydalaniladi. Bunda ortiqcha yuk, materialning bir jinsligi, inshootning ishlash sharoiti va sh.k. hisobga olinadi.
Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi tashqi omillar ta’sirida materialda hosil bo‘ladigan ichki siquvchi zo‘riqishlarga qarshilik ko‘rsatish xususiyatidir. Siquvchi kuch yuk, kirishish, notekis qizdirish va shu kabilar natijasida hosil bo‘ladi.
Ko‘pchilik materiallar anizatrop tuzilishda bo‘lgani uchun siqilishdagi mustahkamlik chegarasi qator sinovlar natijalarining o‘rtacha miqdori bilan belgilanadi.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling