Ma’ruzalar matni


Download 4.32 Mb.
bet18/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Karbonatlar guruxiga kalsit, dolomit va magnezit kiradi.
Kalsit (CaCO3) rangsiz yoki oq, qo‘shimchalar bo‘lsa kul rang, sariq, pushti yoki havo rang mineral bo‘lib, zichligi 2,7 gsm3, qattiqligi 3.
Dolomit (SaCO3.MgCO3) rangsiz yoki oq, sarg‘ish va qo‘ng‘irrang mineral. Zichligi 2,8 gsm3, qattiqligi 3-4. Dolomit magnezial va dolomitli bog‘lovchilar ishlab chiqarishda xom ashyodir. U kesilib bloklar xolida va maydalanib beton uchun yirik to‘ldiruvchi sifatida ishlatilishi mumkin.
Magnezit (MgCO3) rangsiz, oq, kulrang, sariq, jigarrang mineral bo‘lib, zichligi 3,0 gsm3, qattiqligi 3,5-4,5. Magnezit 1500-16500S kuydirilib yuqori haroratga bardoshli materiallar (g‘isht, blok) va 7508000S kuydirilib magnezial bog‘lovchi olinadi.
Giltuproq minerallar guruxiga kaolinit, gidroslyudalar, montmorillonitlar kiradi.
Kaolinit (Al2O3.2SiO2.2H2O) oq, qo‘ng‘ir yoki yashil aralashgan rangli mineral bo‘lib, zichligi 2,6 gsm3, qattiqligi 1. Kaolinit dala shpatlari, slyudalar va boshqa silikatlar nurashidan hosil bo‘ladi. U kaolinli giltuproqlar asosini tashkil qiladi.
Gidroslyudalar slyuda va dala shpatlarining emirilishidan hosil bo‘ladi. Gidroslyuda harorat ta’sirida ko‘pchitilganda hajmi 20 marta kattalashadi va hosil bo‘lgan vermikulit g‘ovak jinsi engil betonga to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Montmorillonit cho‘kindi jinslarning, xususan giltuproqlarning asosini tashkil qiladi.
Sulfatlar guruxiga gips va angidrit kiradi.
Gips (CaSO4.2H2O) oq, qo‘shimchalar bo‘lsa havorang, sariq, qizil ko‘rinishdagi mineraldir. Zichligi 2,3 gsm3, qattiqligi 2. Gips qurilish va quyma gips bog‘lovchisi ishlab chiqarishda xomashyodir.
Angidrit (CaSO4) oq, kulrang, pushti, och havorang yaltiroq mineral. Zichligi 3,0 gsm3, qattiqlagi 3-3,5. Angidrit mineral bog‘lovchi ishlab chiqarishda xom ashyo bo‘ladi.
CHo‘kindi jinslar qatlamliligi bilan xarakterlanadi. Qatlamlanmagan jinslar teksturasi esa tartibsiz xarakterda bo‘ladi.

2.3 Metamorfik tog‘ jinslar


Metamorfik jinslar tog‘ jinslarini erning chuqur qatlamlarida yuqori bosim va harorat ostida o‘zgarishidan hosil bo‘lgan. Metamorfik jinslar strukturasi-teksturasi hosil bo‘lishida bosimning yo‘nalishi katta rol o‘ynaydi. Metamorfizm jarayoniga tog‘ jinslari tarkibidagi suv va karbon kislotalari katta ta’sir ko‘rsatadi.
Metamorfik jinslarni hosil qiluvchi minerallarga magmatik jinslarda uchraydigan dala shpatlari, kvars, slyuda, rogovaya obmanka, cho‘kindi jinslarga xos bo‘lgan kalsit, dolomit minerallari, maxsus metamorfik jinslar kiradi.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling