Ma’ruzalar matni


Download 4.32 Mb.
bet14/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Nazorat savollari
1.Materialning zichligi va o‘rtacha zichligi nima?
2.Suv shimuvchanlik, suv o‘tkazuvchanlik nima?
3.Sovuqqa chidamlilik va g‘ovaklik orasidagi bog‘lanish qanday?
4.Issiqlik o‘tkazuvchanlik va issiqlik sig‘imi nima?
5.Material mustahkamligi nima va u qanday omillarga bog‘liq?
6.Elastiklik, plastiklik va mo‘rtlik nima?
7.Qattiqlikni aniqlash usullarini keltiring.
8.Material xossalarining uning mikro va makrostrukturasiga bog‘liqligini aytib bering.


2- MAVZU
TABIIY TOSH MATERIALLARINING ASOSIY XOSSALARI
Reja:

  1. Umumiy ma’lumotlar.

  2. Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar.

  3. Tabiiy tosh materiallari va buyumlari ishlab chiqarish.

  4. Tabiiy tosh materiallari va buyumlarining asosiy xossalari.

  5. Tabiiy tosh materiallari va buyumlari turlari.

  6. Tabiiy tosh materiallarni emirilishdan saqlash usullari.

Tog‘ jinslarining tarkib topishi va sinflarga bo‘linishi



1. Umumiy ma’lumotlar
TOG‘ jinslari deb, bir yoki bir necha mineraldan tashkil topgan jinslarga aytiladi.
Mineral deb, kimyoviy tarkibi bir xil, fizik xossalari bir xil bo‘lgan tabiiy jinsdir.
Bitta mineraldan tashkil topgan tog‘ jinsiga monomineral, bir necha mineraldan tashkil topganiga polimineral deyiladi.
Tog‘ jinsi muayyan tarkibga va tuzilishga ega bo‘lib, geologik jarayonlar natijasida er qatlamida hosil bo‘lgan. Minerallar (ma’danlar) fizik va kimyoviy bir jinsli tabiiy jism bo‘lib, er qatlamida yuz bergan fizikkimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘lgan.
Tabiatda minerallar turi 2000 ortiq bo‘lsada, tog‘ jinslari 50 yaqin minerallardan tashkil topgan.
Tog‘ jinslari monomineralli va polimineralli bo‘lishi mumkin.
Tabiiy tosh materiallari qurilishda mexanik qayta ishlangan holda va hom ashyo sifatida ishlatilishi mumkin. Sement ishlab chiqarishda ohaktosh, beton tayyorlashda esa qum va chaqilgan tosh millionlab kub metr ishlatiladi. Marmar, granit, ohaktosh kabilar arralanib, tekislanib bezak material sifatida qo‘llaniladi.Tabiiy tosh materiallari zaxiralari ishlatilganda ekologik muxitni asrash qonun qoidalariga albatta rioya qilish zarur. Bunda chiqindi kam hosil bo‘ladigan texnologiyalarni tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Insoniyat tarixi toshdan yasalgan qurollar va asbob uskunalar orqali belgilangan tosh davridan boshlangan deb aytiladi. Bundan muqaddam, insoniyat bilan hayvonlar o’rtasidagi tafovut jismoniy tomondan bo’lgan. Ammo insonlar toshdan foydalanishni boshlagan paytlardan boshlab ikkalasining ham dunyosi butunlay o’zgarib ketgan.
Tosh - qoyalarda mavjud bo’lgan yer ashyolari,materiali va minerallardan shakllanadigan tabiiy va qattiq modda deb aniqlab kelinadi.. Qoyani esa xech qanday aniq shakl va strukturaga ega bo’lmagan yerning ustki qatlamining qismi deb atash mumkin. Deyarli barcha qoyalar ma’lum kimyoviy tarkibga ega va organik moddalardan paydo bo’ladi. Qoya toshni shaklga keltiradigan minerallar esa : chaqmoqtosh,felspar, mika, dolimit va hokazolar. Qoyalardan qurilishga foydalaniladigan granit, basalt, trap, marmar, shifer, qumlitosh va ohaktoshlar olinadi. Xatto ularning narxi ishlatilishidagi ayrim cheklovlarga qaramasdan,bino qurilishida toshlardan foydalanish qayerda ishlab chiqarilishiga qarab an ‘anaviy bo’ladi. Qurilish maqsadlari uchun ishlatiladigan toshlarning tanlovini idora qilib turadigan holatlar: narx, usul, bezakning qiymati va chidamliligidir. Tarixdan ilgari davrdan beri toshlar ko’plab strukturalarning qurilishida foydalanilgan. Dunyo bo’ylab ko’plab qal’alar, Toj Mahal, Misrning mashxur piramidalari va Buyuk Xitoy devori, bularga ba’zi misollar bo’la oladi xolos. Shuningdek, toshlardan bino qurilishining barcha elementlarida qismlarni ko’tarib turagan yuk sifatida,shuningdek, binoning ko’rkamligi va go’zalligini yuksaltirishda keng foydalanilgan. Qurilish materiali sifatida toshlar sement va temirning rivojlanishi natijasida sekin asta o’z o’rnini yo’qotib borgan. Ikkinchidan, toshlardan qurilgan strukturaviy elementlarning kuchini muvofiq tarzda tahlil qilish mumkin emas.Bulardan foydalanishda to’siq bo’ladiga bshqa katta omillar: ularni yetkazib borish, hamda qurilishning sust sur’atidagi ko’p vaqtni oladigan bog’log’ich muammo qilib ko’rsatiladi.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling