Ma’ruzalar matni


Egilishdagi mustahkamlik chegarasi


Download 4.32 Mb.
bet12/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Egilishdagi mustahkamlik chegarasi. Materiallarning egilishga sinaganda namuna ikki tayanchga qo‘yiladi va simmetrik ravishda eguvchi kuch ta’sir ettiriladi.
2.2-jadval
Ba’zi qurilish materiallarining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi

Materiallar

Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, MPa

Granit

120-250

Marmar

80-300

Oddiy g‘isht

7.5-30

Silikat g‘isht

7.5-20

Og‘ir beton

10-80

Engil beton

50-40

Ko‘pik beton

1,5-40

Plastmassa

4-500

Po‘lat

380-1000 (va yuqori)

Egilishdagi mustahkamlik chegarasi. Materiallarning egilishga sinaganda namuna ikki tayanchga qo‘yiladi va simmetrik ravishda eguvchi kuch ta’sir ettiriladi.
To‘g‘ri to‘rt burchak kesimli namunaning o‘rtasiga qo‘yilgan bitta yig‘indi kuch ta’siridan uning egilishdagi mustahkamlik chegarasi (Reg, MPa) quyidagicha topiladi:
3Pbuz l
Reg  2bh2
Agar ikkita yig‘indi kuch namunaning o‘qiga nisbatan simmetrik ravishda qo‘yilgan bo‘lsa, formula quyidagicha bo‘ladi:
3Pbuz (l a)
Reg b2 ,
h
bu erda: Rbuz-buzuvchi kuch, N; l-tayanchlar orasidagi masofa, m; a-kuchlar orasidagi masofa, m; b va h-kesim yuzasining eni va balandligi, m.
Material egilishga sinalganda neytral o‘qning yuqori qismi siqilishga, pastki qismi esa cho‘zilishga ishlaydi. Odatda materiallarning buzilish alomatlari (darz, yoriq va sh.k.) ularning cho‘ziluvchi qismida boshlanadi.
CHo‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi. Materiallar cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasiga qarab uch guruxga bo‘linadi:
1)cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi siqilishdagiga nisbatan ko‘p bo‘lgan tolali materiallar (yog‘och, shisha tolasi);
2)cho‘zilishdagi va siqilishdagi mustahkamlik chegarasi o‘zaro teng yoki oz farq qiluvchi materiallar (po‘lat);
3)cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi siqilishdagiga nisbatan kam bo‘lgan materiallar (tosh materiallar, shisha, cho‘yan va sh.k.).
Materiallarning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasini aniqlash uchun undan davlat standartida ko‘rsatilgan namunalar tayyorlanadi.
Mo‘rt materiallarning (tabiiy toshlar, beton, sementli qorishma, keramika va sh.k.) cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi siqilishdagi
mustahkamlikning 110-150 qismini tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda materiallarning mustahkamligini ultratovush impuls usulida aniqlash joriy etilmoqda. Bu usul namunada ultratovushning tarqalishi, so‘nishi va rezonans holatlarga asoslangan.
Materiallarning mustahkamligini aniqlash standart usullari namunalari 2.3 jadvalda berilgan.
2.3-jadval

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling