Ma’ruzalar matni


Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar


Download 4.32 Mb.
bet16/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

2. Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar
Tog‘ jinslari shakllanish jixatidan uch genetik guruxlarga bo‘linadi: silikatli qotishma (magma) ning qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan magmatik jinslar, tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinslari, er qatlamida fizik-kimyoviy sharoitda qayta kristallanib, ko‘rinishi o‘zgargan metamorfik tog‘ jinslaridir (2.1-jadval).

2.1 Magmatik tog‘ jinslar


Magmatik jinslar magmaning vulkanik harakatlar natijasida er yuziga toshib chiqishidan yoki erning yoriq va bo‘shliqlarida qotishidan hosil bo‘ladi. Magmaning sovush sharoitiga nisbatan chuqurlikda qotgan (intruziv) va toshib chiqqan (effuziv) turlarga bo‘linadi. CHuqurlikda qotgan magmatik tog‘ jinslarga granit, sienit, diorit, gabbro va boshqalar kiradi. Bunday jinslar yuqori bosim va kislorodsiz muxitda asta-sekin sovugani uchun o‘ta zich kristall strukturaga ega bo‘ladi.
Toshib chiqqan magmatik jinslar (bazalt, andezit, diabaz, porfir va sh.k.) er yuzida tezlik bilan sovushi natijasida to‘la kristallanmagan bo‘ladi. Sovush davrida gazsimon moddalarning ajrab chiqishi g‘ovak toshlarni (pemza, tuf) hosil qiladi.
Magmatik jinslarni hosil qiluvchi asosiy minerallarga kvars, dala shpatlari, temir-magnezialli silikatlar kiradi.
3.1-jadval

Tog‘ jinslarining genetik klassifikatsiyasi


Magmatik jinslar

Massiv

CHuqurlikdagi

Granit, sienit, diorit, gabbro

Toshib chiqqan

Porfir, kvars, diabaz, traxit, porfirit, andezit

Bo‘laklangan otilib chiqqan)

Sochiluvchan

Vulqon kuli, pemza

Sementlanga n

Vulqon tufi

CHo‘kindi jinslar

Mexanik cho‘kindilar

Sochiluvchan sementlangan

Giltuproq, qum, shag‘al, qumtosh,
konglomerat, brekchiya

Kimyoviy cho‘kindilar




Gips, angidrit, magnezit, dolomit, ohak tufi, ohaktosh

Orgonogen cho‘kindilar




CHig‘anoqli ohaktosh, mel, diatomit, trepel

Metamorfik jinslar




Gneyslar (granitsimonlar), gil, slanetslar, (giltuproqli), marmarlar (ohaktosh, dolomitlar), kvarsitlar (qumtoshlar)



Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling