Ma’ruzalar matni


Download 4.32 Mb.
bet26/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Suvga chidamlilik. Suvga chidamlilik toshlarning suvda yumshash koeffitsenti-0,6; 0,8 va 1,0 bilan belgilanadi. Doim suv ta’sirida bo‘ladigan joylarda (poydevor, yo‘l qurilishi) bu koeffitsient 0,8 kam bo‘lmasligi, tashqi devor uchun esa 0,6 kam bo‘lmasligi kerak.
Edirilish va ishqalanishga bardoshlilik. Toshlarning bu xususiyati ularning zichligi, mustahkamligi va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Toshlar yo‘l qoplamalari,binolar pollari, zinapoyalarda ishlatilganda ularning bu xususiyatlari katta ahamiyatga egadir.
Mayda kristall tuzilishga ega bo‘lgan toshlar shliflanganda sirpanchiq bo‘lgani uchun zinapoya, pollarda ishlatilmagani ma’qul.
Olovga bardoshlilik. Tabiiy toshlarning olovga bardoshliligi ularning mineral tarkibiga bog‘liq bo‘lib, olov ta’sirida buzilishi mumkin. Gipstoshi 100-1200S, ohaktosh 900-10000S haroratda buzila boshlaydi. O‘ta zich granitsimonlar, porfirlarda esa yuqori harorat ta’sirida yoriqlar hosil bo‘ladi.
5. Tabiiy tosh materiallari va buyumlari turlari
Xarsangtosh. Massasi 20-40 kg uzun tomoni 50 sm bo‘lgan noto‘g‘ri shakldagi tog‘ jinslari xarsangtosh deyiladi. Xarsangtosh portlatish usulida, plitasimon xarsanglar esa ponalar va urib harakatga keltiriladigan mexanizmlar yordamida hosil qilinadi. Xarsangtosh magmatik va cho‘kindi tog‘ jinslariga ishlov berib olinadi. CHo‘kindi jinslar tarkibida giltuproq, pirit qo‘shilmalari bo‘lmasligi kerak.
Xarsangtosh siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 10 MPa kam bo‘lmasligi, suvda yumshash koeffitsienti 0,8 dan past bo‘lmasligi kerak.
Xarsangtosh isitilmaydigan bino va inshootlar qurilishida, chiqindilari esa maydalanib beton uchun to‘ldirgich sifatida ishlatiladi.
SHag‘al. SHag‘al cho‘kindi tog‘ jinslarni elab fraksiyalarga ajratib, gil va changdan tozalash uchun yuvib olinadi.
CHaqiq tosh. Xarsangtoshlarni 5-70 mm (150 mm gacha) fraksiyada maydalab chaqiq tosh olinadi. Mayda fraksiyadagi chaqiq toshlarni olish uchun xarsangtosh bir necha marta maydalanadi.
Qum. Qum 0,15-5 mm fraksiyadagi barcha tabiiy tosh materiallarining qismidir. Qum tarkibida gil va chang miqdori meyorlangan bo‘lib, meyordan ortig‘i beton va qorishmalar xossalarini yomonlashtiradi. SHag‘al, chaqiqtosh va qum beton uchun to‘ldiruvchilar sifatida ishlatiladi. Bu materiallar tarkibida tabiiy radionuklidlar borligi xaqida sertifikat bo‘lishi shart.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling