Ma’ruzalar matni


Devor toshlari va plitalari


Download 4.32 Mb.
bet27/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Devor toshlari va plitalari. Devor toshlari va bloklari asosan tuf va g‘ovak ohaktoshlardan mexanizmlar vositasida arralab tayyorlanadi. Devor toshlari 390x190x188; 490x240x188; 390x190x288 mm o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Devorbop bloklar tuf, ohaktosh, dolomit, qumtosh, andezit kabi toshlardan hajmi 0,1 m3 kam bo‘lmagan holda tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir. (2.3-rasm).

3.6-rasm. Bloklar


a-ajratilgan; b-yo‘nilgan; v-arralangan
Devor toshlari tashqi devor uchun o‘rtacha zichligi 2300 kgm3 kam bo‘lgan tog‘ jinslaridan tayyorlanadi. Toshlarning suv shimuvchanligi 30% gacha, sovuqqa chidamliligi 15 sikldan kam bo‘lmasligi kerak.
Plitalar qurilishda keng miqyosda ishlatiladi. YUqori mustahkamlik, qattiqlik va sovuqqa chidamlilikka ega bo‘lgan granitsimonlar va boshqa magmatik tog‘ jinslari monumental bino poydevorlarida, daryo qirg‘oqlarini mustahkamlashda, ko‘prik qoplamlarida ishlatiladi. Marmar, chig‘anoqli ohaktosh, gips, angidrit kabi toshlar asosidagi plitalar ma’muriy bino va inshootlarning ichki bezagi uchun ishlatiladi. Bino va inshootlarni tashqi bezagi uchun atmosfera muxitiga chidamli ohaktosh, dolomit, qumtosh, vulqon tuflari, marmar kabi tosh plitalar ishlatiladi. Tashqi bezak plitalari qalinligi 4-8 sm, ichki bezak plitalari qalinligi esa 1,2-4sm bo‘ladi. So‘nggi yillarda olmos arralar yordamida kesilgan 5-10 mm qalinlikdagi tejamli tosh plitalar binolarni ichki bezagi uchun qo‘llanilmoqda.
Granit, andezit, diabaz, kvarsit kabi kislotaga chidamli toshlar asosidagi plitalar kimyo sanoatida, mineral o‘g‘itlarni saqlaydigan binolarni va shu kabilarni korroziyadan muxofaza etishda ishlatiladi.
Bino va inshootlar pollari va zinapoyalarida ishlatiladigan toshlar bezak sifatidan tashqari edirilishga chidamli va sirpanmaslik talablariga javob berishi kerak. Trotuar plitalari zich, sovuqqa chidamli qumtosh, gneys, ohaktosh kabi toshlardan tayyorlanadi. Ular tomonlari 20-80 sm, qalinligi 4-15sm bo‘lgan kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘ladi.
Bruschatka va bort toshlari asosan zich, sovuqqa chidamli magmatik tog‘ jinslaridan mexanizatsiyalashgan usulda tayyorlanadi va yo‘l qurilishida qoplama material sifatida ishlatiladi. Bort toshlari balandligi 30-40 sm, eni va uzunligi turlicha bo‘lishi mumkin.
Tabiiy tosh materiallari va buyumlarini tashish va saqlashda ularni mexanik, ob-havo ta’sirlaridan saqlash zarur. Ayniqsa jilolangan plitalar tashilayotganda, tushirilayotganda ehtiyot choralari yuqori bo‘lishi kerak. Bunday plitalar orasiga qog‘oz qo‘yilishi lozim. Arxitektura qismlari konteynerlarda tashilgani ma’qul. Qoplama tosh plitalari omborlarda va bostirmalarda xillarga ajratilgan holda saqlanadi.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling