Ma’ruzalar matni


-rasm. Ishlov berilgan tosh yuzalari6


Download 4.32 Mb.
bet25/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

3.5-rasm. Ishlov berilgan tosh yuzalari67

Marmar, ohaktosh kabi yumshoq toshlar ramkali arralash uskunalarida qirqiladi. Odatda arra olmos, korborund yoki qattiq qotishmalar yordamida kuchaytirilgan (qoplangan) bo‘ladi. Olmos keskichlar yordamida toshni juda yupqa (5-10 mm) qirqish mumkin bo‘lib, 1m3 toshdan 40-45 m2 plita tayyorlash imkoni bo‘ladi.


G‘ovak toshlardan donali devorbop toshlarni va bloklarni tosh qirqish mashinasi yordamida qirqib olinadi.
Profilli buyumlar (karniz, zinapoya, deraza osti plitalari va boshqalar) toshga ishlov berish zavodlarida frezerli va universal profil beruvchi mashinalar vositasida tayyorlanadi.
Tosh yuzasini jilolash shliflash stanoklarida abrazivlar (korund, korborund, olmos kukunlari) yordamida, mo‘yli disk vositasida mastika va xrom, qalay, temir oksidlari kukuni sepilib amalga oshiriladi.
4. Tabiiy tosh materiallari va buyumlarining asosiy xossalari
Zichlik. Bu jixatdan tabiiy toshlar engil va og‘ir turlarga bo‘linadi. Engil toshlarga zichligi 1,8 gsm3 kichik bo‘lgan vulqon tufi, tuf, pemza, chig‘anoqli ohaktosh kabilar kiradi. Engil toshlar issiqlik izolyasiyasi xususiyati yuqori bo‘lgani uchun devorbop donali tosh va bloklar tayyorlashda ishlatiladi.
Og‘ir toshlarga zichligi 1,8 gsm3 yuqori bo‘lgan granit, sienit, gabbro, bazalt kabi toshlar kiradi. Og‘ir toshlar bino va inshootlarni suv va namlik tegishi mumkin bo‘lgan qismlarda, pol, devorlarni bezashda, yo‘l qurilishida ishlatiladi.
Mustahkamlik. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga nisbatan tabiiy tosh materiallar quyidagi markalarga bo‘linadi (MPa): 0,4; 0,7; 1,5; 2,5; 3,5; 7,5; 10; 12,5; 15; 20; 30; 40; 50; 60; 80; 100.
Sovuqqa chidamlilik. Standart usulda muzlatish va eritish sikllari bo‘yicha tabiiy tosh materiallar quyidagi markalarda bo‘ladi: 10; 15; 35; 100; 150; 200; 300 va 500. Zich toshlar sovuqqa chidamli bo‘ladi. Porfirsimon tuzilishdagi toshlar sovuq ta’sirida yorilib ketadi.
YAngi qazib olingan ohaktosh, dolomit, tuflar, qumtoshlarda tabiiy namlik bo‘lgani uchun sovuqqa chidamsizdir. Ular quritilgach etarli darajada sovuqqa chidamli material bo‘ladi.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling